• - 29 - 3-MA’RUZA MAVZU : METALLARNI PARMALASH VA ZENKERLASH, ZENKOVKALASH, TESHIKLARNI KENGAYTIRISH Reja
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    - 28 - 
    34. Qirqishni qanday usullarini bilasiz? 
    35. Qirqish qoidalari? 
    36. Qaychilar bilan qirqish jarayonini tushuntiring. 
    37. Egovlash deganda nimani tushunasiz? 
    38. Egovlar qanday materiallardan yasaladi? 
    39. Egov dastalari. 
    40. Egovlashda tekis yuzalarga qanday ishlov beriladi? 
    41. Bo’yoq surib egovlash deganda nimani tushunasiz? 
    42. Egri chiziqli sirtlarga qanday ishlov beriladi? 
    43. Qanday egov turlarini bilasiz? 
    44. Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash. 
    45. Egovlab kengaytirishda elektr va pnevmatik egovlarni qo’llash. 


    - 29 - 
    3-MA’RUZA 
    MAVZU: METALLARNI PARMALASH VA ZENKERLASH, ZENKOVKALASH, 
    TESHIKLARNI KENGAYTIRISH 
    Reja: 
    1. Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar 
    2. Parmalarni charhlash 
    3. Parmalashda qirqish rejimlari 
    4. Mexanizatsiya vositasida va qo’lda parmalash 
    5. Parmalash dastgohlari 
    6. Parmani stanokka o’rnatish va mahkamlash 
    7. Parmalash usullari 
    8. Zenkerlash 
    9. Yo’nib kengaytirish usullari 
    10. Yo’nib kengaytirishda kelib chiqadigan brak va uni bartaraf etish usullari 
    11. Xavfsizlik texnikasi qoidalari 
    Tayanch so’z va iboralar 
    Parmalash, zenkerlash, parmalash aniqligi, spiral parmalar, parmalar nosozliklari, 
    o’tkirlik burchagi, kesishning asosiy elementlari, tartarak, qo’l dreli, parmalash dastgohlari, 
    teshiklarni parmalash, aniq teshiklar parmalash, plastmassalarni parmalash, zenkerlash, yo’nib 
    kengaytirish, zenkovkalash, razvertkalash, razvertkalashda sodir bo’ladigan nuqsonlar. 
     
    Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar 
    Kesuvchi asbob-parmaning o’z o’qi atrofida aylanma va ilgarilama harakat qilishi 
    tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi. 
    Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilьka va boshqa detallar uchun teshiklar 
    ochish, rezьba kesish, kengaytirish, zenkerlash uchun detallar hamda ularning qismlari 
    parmalanadi. 
    Yuqori 
    darajadagi 
    aniqlik 
    talab 
    qilinadigan teshiklar (parmalangandan 
    keyin) 
    zenkerlanadi
    Parmalash 
    aniqligi 
    va 
    sifati 
    ko’p jihatdan 
    dastgohning 
    sozligi 
    va 
    kesuvchi 
    asbobning to’g’ri charxlanganligiga 
    bog’liq. Parmalar legirlangan va 
    uglerodli 
    po’latdan 
    tayyorlanadi. 
    Teshiklarni ochish, kengaytirish uchun 
    spiral parmalar ishlatiladi. Spiral 
    parma ikki tishli kesuvchi asbob 
    bo’lib, u ishchi va quyruq qismlardan 
    tuzilgan. Ishchi qismi konussimon 
    (kesuvchi) 
    va 
    tsilindrsimon 
    (yo’naltiruvchi) qismlarga bo’linadi. 
    Kesuvchi qismida ikkita kesuvchi qirra (uchidagi burchak) va ular orasida, 45-55 
    burchak hosil qilib tutashtirgich joylashgan. Tutashtirgich ariqchalar orasida diametri 0,15-0,2 
    mm li o’zak borligi tufayli hosil bo’ladi. Parmalashda tutashtirgich kesmaydi. Balki metallni 
    qiradi. U parmani chetlatishga teshikni kengaytirishga yordam beradi. 
    Tasmalar-parma vint ariqchalari bo’ylab tsilindrsimon sirtda joylashgan ikkita ensiz 
    polosadir. Ular parmaning teshik doirasida ishqalanishini kamaytirish uchun xizmat qiladi, 
    parmani teshikka yo’naltiradi va chetga chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Diametri 0.25-0,5 mm 
    bo’lgan parmalar tasmasiz tayyorlanadi. 


    - 30 - 
    Tish-kesuvchi qirrasi bo’lgan, parmaning pastki uchidan chiqib turadigan qismi. 
    Tishning kesuvchi qismi torets yuzaga ega. Oldingi yuza ariqchaning qirindidan tushadigan 
    bosimini qabul qiladigan yuzasi. 
    Vint ariqchalar parmaning tsilindrsimon qismida bir-birining ro’parasida joylashgan. 
    Ular parmalanayotgan teshikdan qirindilarning chiqishini ta’minlaydi. Ariqchalar parma 
    kesayotgan qirralar to’g’ri chiqishini va qirindining chiqishi uchun zarur bo’shliq bo’lishini 
    ta’minlaydigan maxsus profilga ega. 
    Spiral parmalar U10 va U12 rusumli uglerodli asbobsozlik po’latidan, legirlangan 9X 
    (xromli), xrom-kremniyli 9XS va tezkesar R9, R18, R6M5, VK8 va T15 K6 rusumli 
    po’latlardan yasaladi. Bo’larning ichida eng ko’p tarqalgani tezkesar po’latdan tayyorlangan 
    parmalardir. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish