- 32 -
Tartarak
Tartarak bilan parmalash uchun uni tutqich (7)
bilan
mahkamlanadi. Tutqich parmani muayyan vaziyatga sozlaydi.
Aylanma harakat to’skichli g’ildirak (3) bilan amalga oshiriladi.
Dastani ma’lum burchakka burilganda lo’kidon to’sqich tishiga
tiqilib, uni aylantiradi. Purjina lo’kidonni doimo to’sqichli
g’ildirakka itarib turadi. Dastani
aylantirganda shpindelь ham
o’nga qo’shilib faqat bir tomonga aylanadi.
Qo’l dreli bilan
10 mm gacha bo’lgan teshiklarni parmalash mumkin.
Drel shpindelь, vallar, tishli g’ildiraklar,
tayanch va richagga
o’rnatilgan dastadan tuzilgan. U ikki tezlikli bo’lib, dastlab
detalni
giraga qisiladi, keyin dastani aylantirib shpindelga
aylanma harakat uzatiladi.
Yuqori taglikda parmalash.
2-4 mm li teshiklarni parmalashda
zagotovkani giraga mahkamlanadi. CHap qo’l
bilan tutqichni
ushlab, o’ng qo’lda qo’zg’aluvchi dasta aylantiriladi.
Dastakli elektr parmalash mashinalari
8-9 mm gacha bo’lgan
teshiklarni parmalash
uchun qo’llaniladi. Odatda, bunday mashinalarning korpusi pistolet shaklida bo’ladi.
I-90 rusumli parmalash mashinasi boshqalardan ko’ra ko’proq ishlatiladi. Mashinaning
elektryuritgichi universal kollektorli konstruktsiyasiga ega bo’lib, u o’zgaruvchan va
o’zgarmas tokda ishlaydi. Kuchlanish chastotasi 220V.