- 27 -
egov mahkamlanadi. Dvigatelь ishga tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Pnevmatik drellarga o’rnatib ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan.
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga, ya’ni metallni
elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu metodning mohiyati
quyidagicha. O’zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan detalga yuboriladi.
Ishlanadigan
teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini, detal esa anod vazifasini o’taydi.
Maxsus
elektr magnit qurilma yordamida katod vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko’tarilganda
va tutashganda u bilan detal orasida elektr razryadlari hosil bo’ladi, detal eriydi va uning
zarralari suyuqlikka cho’kadi.
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi.
Unga tok
manbaining mubat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi.
SHpindelga elektr
qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim rostlagich va kondensatordan iborat.
Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol shakliga mos teshik ochiladi.
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan qattiqlikdagi
metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli teshiklar ochishga imkon beradi.
Elektr uchqunli ishlash usuli egovlab kengaytirishga nisbatan bir necha marta unumdor.