Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/86
Sana03.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#129851
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Bog'liq
Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

 
Egovlash usullari. 
Tekis yuzalarga ishlov berish. Yuzaning chetlari dumaloqlanmay, to’g’ri chiqishi 
uchun egovni to’g’ri chiziq bo’yicha yuritish kerak. Ensiz sirtlar bo’ylamasiga yoki 
ko’ndalangiga egovlanadi. Enli sirlarni egovlashda quyidagi ikki usulni qo’llash mumkin: har 
gal egovni sirt enidan kamroq masofaga yurgizganda egov ko’ndalang yo’nalishda suriladi; 
egov ayni vaqtda oldiga va yon tomonga suriladi.
Bo’yoq surib egovlash yo’li bilan sirtning tekisligi aniq chiqishiga erishish mumkin. 
Egovlanadigan detalь yupqa bo’yoq qatlami sutkalgan plita bo’ylab suriladi. Sirtning chiqiq 
joylariga bo’yoq tegib, botq joylari bo’yalmay qoladi. Bo’yoq tekkan joylar egovni doiraviy 
usulda yurgizib egovlanadi. 
90
0
burchak ostida yotgan sirtlarga ishlov berish. Oldin baza deb qabul qilingan sirt 
egovlanib, uning tekisligi ta’minlangach, unga perpendikulyar bo’lgan sirt egovlanadi. Tashqi 
burchaklar yassi egov bilan egovlanadi.
Egri chiziqli sirtlarga ishlov berish. Oldin zagatovka tayyorlab olinadi-hamma 
tomonidan ishlanadi, profilli uchastkalari rejalanadi. So’ngra ortiqcha metall qirqib tashlanadi. 
Egri chiziqli qavariq sirtlarni ikki usulda: egovni tebrantirib yoki tomonlar sonini ikki 
marta ko’paytirib egovlash mumkin. Birinchi xolda egov ishlanadigan sirt bo’ylab yurgiziladi. 
Ikkinchi usulda qo’ndalang yo’nalishda harakatlantiriladi. 
Egri chiziqli botiq sirtlar egrilik raradiuslari qandayligiga qarab dumaloq yoki yarim 
dumaloq egov bilan egovlanadi. Egov murakkab xarakatlantiriladi, ya’ni oldinga va o’z o’qi 
atrofida buragan holatda bir tomonga surib yurgiziladi. 
Tutashmalarni egovlashda egri sirtdan to’g’ri sirtga rovon o’tishi uchun oldin egri sirt 
bo’ylama shtrix tushirib, keyin tekis sirt ko’ndalang shtrix tushirib egovlanadi. 
Yupqa planstinkalarga ishlov berishda zagatovka yog’och plastinkalar orasiga olib 
qisiladi va ular bilan birga egovlanadi. Lekin bunda egovning tishlari qipiqqa to’lib qolaveradi. 
Plastik massalardan yasalgan detalь va zagatovkalarga ishlov berishda, ular tiskiga 
mahkamlashda darz ketmasligi uchun tiski jag’lari bilan detalь orasiga fanera yoki mis, 
yumshoq materialdan qilingan qistirma qo’yiladi.
Egovlangan sirtlarni pardozlashda bo’ylama, ko’ndalang yoki doiraviy shtrixlar 
tushiriladi. Pardozlash ishlari mayda tishli egovlar, brusoklar va jilvirlash qog’ozlari bilan 
bajariladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish