- 23 -
asbob giraga qisiladi va unga quvurni o’rnatib to’g’rilagichning uchi bilan kengaytiriladi. Bu
ish maxsus kengaytirgich-juvalarda bajariladi. Asbob po’lat tsilindrdan iborat bo’lib, uning bir
uchi konussimon, ikkinchi uchi kvadrat kallakka ega.
CHiviq korpusga joylashgan, uning
uchiga katta bo’lmagan konusli roliklar joylashtirilgan.
Razvalьtsovkalash quyidagicha amalga oshiriladi: quvurning teshigiga ariqchali flanets
kiygiziladi, keyin quvurga rolikli jo’vani qo’yib aylantiriladi.
Natijada, quvur flanets
teshigining shaklini oladi. Agar jo’vaning aylanishi osonlashsa
gaykani burash va shu bilan
birga quvurga chuqurroq kirib borishini ta’minlash lozim.
Nuqsonlar. Metallni egishda eng ko’p uchraydigan nuqsonlardan biri qiyshiq egilish
yoki ishlov beriladigan materiallarning sirtlaridagi shikastlanishlardir. Zagotovkani noto’g’ri
rejalash yoki detalni giraga noto’g’ri o’rnatish,
shuningdek, bolg’a zarbasini noto’g’ri berish
kabilar nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardir.
Dastakli qaychi va qo’larra bilan qirqish.
Yumaloq, kvadrat, tasma va list materiallarni qirqish
Materiallarni qismlarga bo’lish yoki ortiqcha
qismlarini olib tashlash qirqish deb
ataladi. Bu jarayonni
qirindi yunib ham,
qirindi yo’nmay ham bajarish mumkin.
Qirindi yo’nib qirqishda quyidagi asboblar:
dastaki arra, qirquvchi arra,
stanoklar,
metal arralar, metal qirqish stanoklari: tokarlik, frezalash, jilvirlash stanoklari, gaz yordamida
payvandlish qurilmasi, elektr payvandlash qurilmasi ishlatiladi.
Qirindi yo’nmay qirqishda materiallar dastaki, richagli va mexanikaviy qaychilar, o’tkir
jag’li ombirlar, truba qirqichlar, press qaychilar, shtamplar bilan qirqiladi.
Dastaki arralar bilan ko’ndalang o’lchami 60-70 mm gacha bo’lgan metallar va boshqa
materiallarni qirqish mumkin. Ular arra ramkasi va arra polotnosidan iborat bo’ladi.