• Qaychilar bilan qirqish .
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Qirqish qoidalari. Qirqiladigan zagatovkani tiskiga juda puxta mahkamlash kerak, aks 
    xolda qirqish paytida surilib ketib, polotnoni sindirishi mumkin.
    Arrani oldinga yurgizish paytida, ya’ni ish yo’lida 
    arra ikkala qo’l bilan bosiladi, bunda chap qo’lning 
    asosiy kuchi bosishga, o’ng qo’lning asosiy kuchi 
    esa arrani oldignga surishga sarflanadi. Arrani 
    orqaga, ya’ni salt yurgizganda u bosilmaydi. Arrani 
    ravon va bir me’yorda yurgizish kerak. Materialning 
    qattiqligiga qarab arra kuchliroq yoki kuchsizroq 
    bosiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun arra 
    polotnosini mineral moy bilan moylash mumkin. 
    Dumaloq, kvadrat, olti yoqli chiviqlarni arralashda 
    arra gorizontal ushlanadi, dekin bunda polotno 
    yo’lida o’tkir burchaklari uchramasligi kerak.
    Keng sirtli buyumlarni qirqishda arra galma-gal orqa va old yoqlariga qiyshaytiriladi, 
    bunda buyum butun eni bo’ylab qirqilmagani uchun arralash osonlashadi. 
    Listdan polosa qirqib olish uchun arra polotnosi 90
    0
    buriladi va arrani gorizontal ushlab 
    qirqiladi. 
    Juda yupqa material 15-30 mm qalinlikda ikkita yog’och burchak orasiga qisiladi va 
    ular bilan birgalikda mayda tishli polotno yordamida arralanadi. 
    Plastik massalardan tayyorlangan detalь va zagatovkalar lentasimon arralar 
    bo’laklaridan tayyorlangan dastaki keskichlar, arralar bilan qirqiladi. Arra bilan qirqishda 
    asosiy brak qiyshiq qirqish xisoblanadi. Metallni stanoklarda qirqishda kesimi 250 mm gacha 
    bo’lgan metallarni qirqishga imkon beradi. 
    Qaychilar bilan qirqish. Metallni qaychilar bilan qirqish juda unumli bo’lib, u istalgan 
    shakldagi detallni qirindi yo’nmay qirqishga imkon beradi, lekin katta kuch ishlatishni talab 


    - 24 - 
    etadi. 
    Dastaki qaychilar bilan yupqa listaviy material: 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’lat, tombop 
    tunuka, 1,5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallar qirqiladi. Qaychilar chapaqay va o’ngaqay 
    bo’ladi. Asosan o’ngaqay qaychilar ishlatiladi, ularda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda 
    yotadi. CHapaqay qaychilar bilan egri chiziqli detallar detallar qirqiladi. Egri tig’li qaychilar 
    list va trubalarda shakldor teshiklarni ochish uchun ishlatiladi. 
    Richagli qaychilar bilan 4 mm gacha qalinlikdagi listaviy metallni qirqish uchun 
    ishlatiladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish