- 22 -
qotishmalaridan tayyorlanadi) quyuqroq moy surtish kerak.
Katta radiusdagi profillar uch rolikli dastgohda bir necha marta takror egiladi.
Profil
prokatni aylana yoyi yoki spiral bo’yicha egish uchun to’rt rolikli dastgohlardan foydalaniladi.
Quvurlarni bukish va razvalьtsovkalash
Quvurlarni har xil radiuslardagi yoylar yoki egri burchaklar bo’ylab, qo’lda yoki
mexanizatsiya vositasida, issiq yoki sovuq, ichini qo’m bilan to’ldirilgan yoki to’ldirilmagan
holda
bukiladi.
Egish usuli uning diametriga, materialiga va egilish burchagining qiymatig’a
bog’liq.
Qizigan holda egish usuli diametri 100 mm gacha bo’lgan quvurlar uchun qo’llaniladi.
Quvurni qizigan holda ichiga qum to’ldirib egishda dastlab, u qizdirilib,
bir uchi metall yoki
yog’och tiqin bilan berkitiladi. Egishda sodir bo’ladigan yorilish va shunga o’xshash
holatlarning oldini olish uchun quruq qum teshiklari 2 mm li elakdan o’tkazilib, tosh va
shag’aldan tozalanadi. Haddan tashqari mayda qum bu usul uchun yaramaydi, chunki u yuqori
haroratda quvurning devoriga yopishib qolishi mumkin. Quvurni qum bilan to’ldirish uchun
titratuvchi qurilmadan yoki bolg’adan foydalaniladi.
Quvurdagi qumning zichligini zarba berilgandagi tovushga qarab aniqlanadi. Agar
zarba jarangsiz bo’lib eshitilsa, demak, qum yaxshi presslangan hisoblanadi.
SHundan keyin
quvurning uchini qizdirishda hosil bo’lgan gazning chiqib ketishi uchun teshigi bo’lgan
yog’och tiqin bilan berkitish lozim.
Har bir quvurning diametri va materialini hisobga olgan holda egish burchagi qat’iy
belgilangan bo’lishi zarur. Masalan, quvurni 90
0
burchak ostida egish lozim bo’lsa,
qizdiriladigan qism uning olti diametriga teng bo’lishi kerak. Agar 60
0
bo’rchak ostida egish
lozim bo’lsa, u holda to’rt diametri, 45
0
bo’rchak ostida esa uch diametr va hokazo.
Quvurning egiladigan qismi bo’r bilan belgilanadi. Bu ish tayyor andoza vositasida
amalga oshiriladi. Qizdirib egishda jarohatlanmaslik uchun qo’lqoplardan foydalaniladi.
Quvurlar kavsharlash lampalari yoki gaz alangasida qizg’ish tus olguncha qizdiriladi. Gorn
bilan qizdirishda pista ko’mirdan foydalaniladi. Agar quvur mo’ljaldagi qizg’ish rangdan o’tib
ketsa, biroz sovitiladi. Quvurni birinchi qizdirishdayoq egish kerak,
aks holda qayta qizdirish
metallning sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Qizdirish jarayonida qumning isishiga alohida e’tibor
berish lozim. Yetarli darajada qizdirilgan quvurning sirtida po’stloq hosil bo’ladi.
Ish yakunida tiqin chiqarilib, qum to’kib tashlanadi. Yetarli darajada yoki bir tekis
qizdirilmagan quvurlarni egishda uzilish yoki burma hosil bo’lishi mumkin.
Egilish sifati
andoza bilan tekshiriladi. Payvandlangan quvurlarning choki tashqariga qaratib egiladi, aks
holda chok «so’kilib» ketishi mumkin. Egiladigan quvurning uchiga diametri kattaroq bo’lgan
quvurni egish joyiga yaqinroq qilib kirgizib, qo’l yordamida katta kuchlanish beriladi.
Mis va jes quvurlarni egish. Mis, jes quvurlarni sovuq
holda egish uchun ular
suyuqlashtirilgan kanifol, parafin yoki qo’rg’oshin bilan to’ldiriladi. Mis quvurlarni egishda
ularni 600-700
0
S da qizdirib sovuq suvda sovutiladi. Sovuq holatda egish uchun to’ldiruvchi
sifatida suyuqlashtirilgan kanifol, qizdirilgan usulda esa qum ishlatiladi. Jes quvurlarni sovuq
holatda egish uchun 600-700
0
S da qizdiriladi. Dyuralyumin quvurlarni esa 350-400
0
S da
qizdirib so’ngra havoda sovutiladi. To’ldiruvchi sifatida kanifoldan foydalaniladi.