Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/86
Sana03.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#129851
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

 
Egovlar tasnifi 
Egovlash metall yoki detallarga ishlov berish, ularning ma’lum qatlamining olib 
tashlanishidir. Egov bilan detalga talab etilgan o’lcham bo’yicha shakl berish, detallarni 
payvandlashga tayyorlash, detall yuzalarini tekislash, o’yiq, teshik va boshqa konstruktiv 
elementlarga ishlov berish mumkin. 
Egov po’latdan yasalgan ma’lum profilga 
ega bo’lgan brusokdan iborat asbob. 
Uning ishchi qismi, quyruq qismi, qirrasi 
va ensiz tomoni bor. Ishchi qismi 
kertiklardan iborat. Egovlar U10, U13A 
va legerlangan po’latdan yasaladi. 
Kertiklarni asosiy elementlari va turlari. 
Kertiklar egov sirtida tish xosil qiladi. 
Ular ishlov beriladigan sirtdan qirindi 
chiqaradi. Egov tishlarini tish kertiklash 
mashinalarida maxsus zubilalarda xosil 
qilinadi, bundan tashqari, nakatklash 
usuli bilan tish profillari yasaladi. Har 
qanday tishning orqa burchagi 

, o’tkirlik 
burchagi 

va oldingi burchagi 

bo’ladi. 
 
Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari 
Egovlarning dastalari zarang qayin, shumtol, presslangan qog’ozdan tayyorlanadi. 
Ularning uzunligi egov quyrug’i uzunligidan 1,5 marta katta olinadi. Egovga dastani 
mahkamlash uchun parmalab yoki kuydirib kichkina teshik ochiladi. Egovning quyrug’i shu 
teshikka tiqiladi va dastani dastgohga urib mahkamlanadi. Dasta yorilib ketmasligi uchun 
dastaga metall halqa kiydirib qo’yilgan. 
Odatda detallar tiskilarga qisib qo’yib egovlanadi. Zagatovkaning ishlanadigan sirti tiski 


- 25 - 
jag’laridan sathidan 8-10 mm chiqib turadigan qilib gorizontal holatda mahkamlanadi. Agar 
tiskilarga ishlov berilgan sirt mahkamlangan bo’lsa, ularni shikastlamaslik uchun tiski 
jag’lariga burchaklik qo’yiladi. Ishlanadigan sirtlarda qolip aralashmasi, qasmoq, ifloslik, moy 
bo’lsa, uni oldindan metall cho’tka bilan tozalab olish kerak. 
Odatda, egovlash uchun 1 mm gacha qo’yim qoldiriladi. Qo’yim bundan katta bo’lsa, 
ortiqchasini kesib tashlash yoki arra bilan qirqish lozim. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish