- 26 -
sirtlariga ishlov beriladi.
Rombsimon egov (yo) tishli g’ildiriklarning tishlarini, katta
burchaklarni, tishli egov (j) ponasimon o’q, tor ariqcha, to’g’ri burchak va kvadrat shaklidagi
teshiklarni egovlashga mo’ljallangan.
Maxsus egovlar bronza, jez va dur alyuminlarni
egovlash uchun ishlatiladi. Egovlarning quyruq qismiga TSM harflari tamg’alanadi.
Engil qotishmalar va nometal materiallarga ishlov beradigan egovlar. Yumshoq
metallarga ishlov berish uchun qo’laniladigan egovlarning tishi mayda bo’ladi. SHuning uchun
ulardan foydalanishda kertiklar qirindiga to’lib qolib egov material sirtiga sipanishi mumkin.
Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarga ishlov berish uchun ishlatiladi.
Nozik egovlar ko’pincha zargarlik buyumlari va andozalarga ishlov berishda hamda teshik,
burchak, profillarni qo’l yetmadigan kichik qismlarini pardozlashda qo’llaniladigan kichik
o’lchamdagi egovlardir. Ular U13 va U13A rusumli po’latdan tayyorlanadi.
Olmosli nozik
egovlar bilan qattiq qotishmalar, har xil sopol, oyna va kesuvchi qattiq qotishmalardan
yasalgan asboblar egovlanadi.
Yirik tishli egovlar bilan yumshoq metallarga va nometall
materiallarga ishlov beriladi.
Mashina egovlarining kichiklari maxsus patronga o’rnatiladi, kattalari esa ikki tomoni
quyruqli bo’lib, uni dastgoxning tutqich-markaziga maxkamlanadi.