• - 34 - vtulkalariga yoki parmalash patroniga o’rnatish mumkin. Parmani shpindelning konus teshigiga o’rnatish
  • Parmani o’tuvchi konus vtulkaga o’rnatish.
  • Parmalash usullari Teshiklarni parmalash.
  • Parmani stanokka o’rnatish va mahkamlash




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Parmani stanokka o’rnatish va mahkamlash 
    Parma yoki zenkerlarni parmalash dastgohining shpindeliga to’g’ri o’rnatish katta 
    ahamiyatga ega, chunki parma shpindelga noto’g’ri o’rnatilsa teshik sifatli chiqmaydi yoki 
    parmalash jarayonida sinadi. Parmani shpindelning konus teshigiga, o’tuvchi konus 


    - 34 - 
    vtulkalariga yoki parmalash patroniga o’rnatish mumkin. 
    Parmani shpindelning konus teshigiga o’rnatish. Parma, yoygich, zenkerning konus 
    quyruqlari hamda shpindelning konus teshigi Morze tizimida tayyorlanadi. 0, 1, 2, 3, 4, 5 va 6 
    raqamli morze konuslarining har biriga tegishli o’lchamdagi parma to’g’ri kelishi kerak. 
    SHpindelning konus teshigiga quyruq ishqalanish kuchi hisobiga mahkam o’rnashadi. 
    Quyruqning uchi shpindelь o’yig’iga kirib turgani uchun u aylanib ketmaydi. 
    Parmani o’tuvchi konus vtulkaga o’rnatish. Parma quyrug’ining konusi shpindelning 
    teshigidan kichik bo’lsa, o’tuvchi konus vtulkalar qo’llaniladi. Ular uzun va qisqa 
    o’lchamlarda tayyorlanadi. Vtulkaning raqamlari kesuvchi asbob konusining o’lchami bilan 
    aniqlanadi. Parmali vtulka dastgoh shpindelining teshigiga suqiladi. 
    Ratsionalizatorlar Yu.M.Orlov va Yu.V.Kozlovskiy 

    2,5 mm li simdan salgan sodda, 
    foydalanish uchun qulay prujinali o’tish vtulkalarini ishlab chiqdilar va amaliyotga tadbiq 
    etdilar. 

    2,5 mm li simni maxsus to’g’rilagichga o’rab, keyin uning sirtiga silliqlash 
    dastgohida ishlov beriladi. Vtulkaning yuqori tomonidan asbobni chiqarib olish uchun tiqin 
    qo’yiladi. Prujinadan yasalgan vtulkani tayyorlash arzonga tushadi. U tokarlik va parmalash 
    dastgohlarida qo’llaniladi. 
    Parmalash usullari 
    Teshiklarni parmalash. Parmalash dastgohida ish boshlashdan oldin dastgohning yerga 
    ulanganligini tekshirish, stolni tozalash, dastgohni salt ishlatib, sozligini tekshirib ko’rish 
    kerak. Dastgohni ishga tayyorlash kesuvchi asbobni shpindelga mahkamlash, zagotovkani 
    stolga joylashtirish, kesish va surish tartibini tanlashdan iboratdir. Parmani teshik diametri va 
    ishlov beriladigan zagotovka materialining qattiqlik darajasiga ko’ra tanlanadi. Parmalash 
    jarayonida radial tepish natijasida teshik diametri parmaning diametridan kattaroq bo’lib 
    qolishini doimo esda tutish kerak. Bu farqning qiymatlari quyidagicha: 
    Parma diametri, mm: 

    10 
    25 50 
    Parmalangan teshik diameri, m:
    5,03 10,12 25,2
    50,28 
    Dastgohni sozlash, parmani to’g’ri charxlash yoki kondo’qtor vtulkalarni qo’llash 
    hisobiga parmalash aniqligiga erishish mumkin. Patron yoki o’tish vtulkasini o’rnatishdan 
    oldin, uning quyrug’ini va teshigini yaxshilab artish, tozalash kerak, sirtlariga qirindi 
    zarrachalari yopishib qolmasligi zarur. 
    Parma shpindelь teshigiga qo’lning yengil zarbasi bilan kirishi va va o’rnab qolishi 
    kerak. Parmani o’rnatishda uning uchi patron tubiga tegib turishi lozim, aks holda u ish 
    jarayonida o’z o’zidan yuqoriga siljib ketishi mumkin. SHundan keyin dastgoh stoli va boshqa 
    kerakli moslamalarni artib-tozalab o’z o’rniga o’rnatiladi. Parron teshik parmalashda esa 
    detalning tagiga yog’och taglik (agar dastgoh stolida teshiklar bo’lmasa) o’rnatiladi. Kesuvchi 
    asbobning ishlov beriladigan yuzaga qat’iy perpendikulyarligiga alohida e’tibor berish lozim. 
    Dastgohni ma’lum aylanish chastotasiga sozlash va surish tartibi uning konstruktsiyasiga 
    bog’liq. Ayrim dastgohlarda aylantiruvchi tasmalarni bir pog’onadan ikkinchi pog’onaga 
    o’tkazish, boshqalarida esa tezliklar qutisida tishli g’ildiraklarni dastalar bilan bir rejimdan 
    ikkinchisiga o’tkazish mumkin. Kesuvchi asbobning turg’unligini ta’minlash maqsdida toza va 
    sifatli parmalash uchun sovutish suyuqligi qo’llaniladi, suyuqlik beriladigan materialning 
    rusumiga ko’ra ma’lumotnomalardan tanlanadi. 
    Yopiq teshiklar parmalashning ikki usuli bor
    1-usul-parmani zagotovka yuzasiga tekkunga qadar yaqinlashtiriladi va kesuvchi 
    qismining kattaligiga monand chuqurlikda parmalanadi. Vtulkali tirgak zagotovkaning 
    yuzasiga yetganida, unda belgilangan chuqurlikda teshik parmalanadi. 
    2-usul-zagotovkani dastgoh stoliga o’rnatiladi va mahkamlanadi, zagotovka yuzasiga 
    parmani ko’ndalang kesuvchi qirrasi bilan tekuniga qadar yaqinlashtiriladi. Dastgohdagi 


    - 35 - 
    chizg’ichni nolga o’rnatiladi. Parma kesuvchi qismining kattaligiga monand chuqurlikda 
    parmaning va miliga qarab chizg’ichning boshlang’ich holati belgilanadi. Bu ko’rsatkichga 
    parmalash chuqurligi o’lchamini qo’shish orqali kerak bo’lgan teshik chuqurligi hosil qilinadi. 
    Parmalash jarayonida chizg’ichga qarab, parmaning metallga qanday chuqurlikda kirib 
    borganligini kuzatib borish kerak. 
    Ko’pgina dastgohlarda chizg’ichdan tashqari limbli avtomatik surish mexanizmi 
    bo’ladi, bo’lar parmaning talab etilgan chuqurlikka kirish yo’lini aniqlaydi. 
    Aniq teshiklar parmalashga parmaning ikki yo’lida erishish mumkin. Avval detalning 
    teshigidan 1-3 mm dan kamroq bo’lgan, keyin teshikning o’lchamiga mos bo’lgan parma bilan 
    parmalanadi. Aniqlikka erishishning sharti shuki, parma yaxshi charxlangan bo’lishi kerak. 
    Juda yuqori aniqlikda teshik ochish uchun avtomat usulida surish, qirindilarni uzluksiz olib 
    tashlash va ish jarayonida suyuqlik bilan sovutish usulidan foydalaniladi. 
    Kichik diametrli teshiklar ulьtratovush, elektr uchqunlar bilan yoki juda aniq sozlangan 
    dastgohlarda parmalanadi. Ularni kichik parmalangan teshiklarni kengaytirish yo’li bilan ham 
    hosil qilinadi. Ammo quyish, shtamplash va shunga o’xshash usullarda tayyorlangan detal 
    teshiklarini parmalar bilan kengaytirib bo’lmaydi. CHunki detal teshigining markazi bilan 
    parma o’qining markazi har doim ham bir xil bo’lmaydi.
    Spiral parma bilan parmalashda zagotovkani kalta parma bilan teshib, keyin normal 
    parmada to’liq chuqurlik hosil qilinadi. 
    Bunday parmalashda ichki kanal orqali sovituvchi suyuqlik yuborish, yo’naltiruvchi 
    konduktor vtulkalarini qo’llash, ikkita parma bilan parmalashni unutmaslik kerak. 
    Qiyin ishlov beriladigan qotishmalar va plastmassalarni parmalash. Parmalash 
    ishlarida parma sovituvchi suyuqliklar materialning xossalariga ko’ra tanlanadi. O’tga 
    chidamli po’latni parmalashda juda kuchli deformatsiyalangan tasmasimon qirindi hosil bo’lib, 
    u parmaning ariqchalariga tiqilib parmaga sovituvchi suyuqlikni o’tkazishni qiyinlashtiradi. 
    SHuning uchun bunday po’latlarni parmalashda parmaning orqa sirtlariga qirindi ajratuvchi 
    ariqchalar o’yiladi. O’tga chidamli po’latlarni parmalash jarayoni xlorli bariyning 5% suvli 
    eritmasini parmaga yuborish bilan olib boriladi. 
    Engil qotishmalarni parmalash e’tibor talab qiladi. Ayniqsa, magniy ML4, ML5, 
    alyumin va boshqa qotishmalarni parmalash birmuncha qiyinchilik tug’diradi. Magniy 
    qotishmalarini parmalovchi parmaning oldingi sirtiga 50

    burchak ostida raxlar qilingan. 
    Parmaning oldingi burchagi katta, uchidagi burchak kichik (24

    -90

    ), orqa burchaklari 15

    bo’ladi. Magniyli qotishmalarga ishlov berishda asbobga katta tezlik berish qotishmaning 
    yonib ketishiga olib keladi. 
    Alyumin qotishmasiga ishlov beradigan parma burchaklari katta qilib tayyorlanadi (65

    -
    70

    ). Vintli ariqchalarning qiyalik burchagi 35

    -45

    , orqa burchak esa 8

    -10

    ga teng. 
    Plastmassani parmalash. Plastmassa buyumlarga hamma turdagi kesuvchi asboblar 
    bilan ishlov berish mumkin. 
    Termoreaktiv materiallarga (tekstolit, aminoplastlar, getinaks, voloknit, penoplast K18-
    2 va b.) quruq usulda ishlov beriladi, kesuvchi asbobni sovutish maqsadida keskichga qisilgan 
    havo yuboriladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Parmani stanokka o’rnatish va mahkamlash

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish