- 44 -
Konussimon uchburchakli rezьba detallarni jips biriktirish imkonini beradi. Bunday
rezьbalar konusli tiqinlarda, ba’zan moyquygichlarda uchraydi.
To’g’ri burchakli rezьbaning profili to’g’ri burchak shakliga ega (2-rasm, b). Uni
tayyorlash texnologiyasi murakkab va mustahkamligi chegaralangan. SHuning uchun undan
kamdan-kam foydalaniladi.
Trapetseidal tasmali rezьbaning kesimi trapetsiya ko’rinishida bo’lib,
profil burchagi
30
ga teng (2-rasm, v). Bunday rezьbaning ishqalanish koeffitsienti kam, uni katta
kuchlanishdagi harakatlarni uzatish uchun metall kesish dastgohi, domkrat va presslarda
qo’llaniladi. Trapetseidal rezьbalarning asosiy elementlari standartlashtirilgan.
Tirak rezьbalari asosan o’q bo’yicha bir tomonga yo’nalgan katta kuch bilan yuklangan
vintlarda, masalan, domkrat, iskanja va boshqalarning vintlarida ishlatiladi (2-rasm, g). Uning
profili
mustahkam, profil burchagi 30
.
Yumaloq rezьbalar ikki yoyning
uchinchi
aylana
yoyi
bilan
tugashuvidan
hosil
bo’lgan
aylanasimon profilga ega, profil
burchagi
30
(2-rasm,
d).
Mashinasozlikda
bunday rezьbalar
kam ishlatiladi. Ular uncha katta
bo’lmagan bosim ostida ishlash uchun
mo’ljallangan
bo’lib,
suv-gaz
quvurlarida va ularni biriktiruvchi
elementlar-fitinglarda ishlatiladi. Bir
kirimli rezьbalarning vint chiziqlari
kichik ko’tarilish burchagiga ega
bo’lgani
uchun
ular
katta
ishqalanishga duch keladi.
Bundan
tashqari,
ularning
foydali
ish
koeffitsienti ko’p kirimli rezbaga
qaraganda bir muncha kam.
Ko’p kirimli rezьbalarda ko’tarilish burchagi bir kirimliga nisbatan katta.
Mashinasozlikda uch xil-metrik, dyuymli va quvur rezьbalar ishlatiladi.
Metrik rezьbaning uchlari tekis kesilgan
uchburchak profilli bo’lib, burchagi 60
ga
teng;
rezьbaning
diametri
va
qadami
millimetrlarda ifodalanadi (3-rasm, a). Ular
normal (tashqi diametrlar uchi 1-68 mm) va
mayda (tashqi diametrlar uchun 1-60 mm)
qadamli turlarga bo’linadi. Normal qadamli
merik rezьbani, masalan, M20 (raqam-
rezьbaning tashqi diametri),
mayda qadamli
rezьbani
M20X1,5
(birinchi
son-tashqi
diametr, ikkinchi son-rezьba qadami) tarzda
belgilanadi.
Metrik rezьbalar. Asosan, mahkamlash detallariga xos (bolt, gayka, shpilьka, vint),
mayda qadamligi esa kichik kuchlanishlar va nozik sozlash ishlarida qo’llaniladi.
Dyuymli rezьbaning profili tekis kesilgan uchburchak bo’lib, burchagi 55
ga teng (3-
rasm, b, g). Rezьbaning hamma o’lchamlari dyuymlar, qadami bir dyuymga to’g’ri
kelgan
o’ramlar soni bilan ifodalanadi.
Hozirda dyuymli rezьbalar ishlab chiqarilmaydi, ishlab chiqarilsa ham ularni xorijdan
- 45 -
keltirilgan mashina va mexanizmlardagina foydalanish mumkin.
Har qanday rezьba o’zining quyidagi asosiy elementlari: profili, profilning burchagi va
balandligi; qadami; rezьbaning tashqi, o’rta va ichki diametrlari bilan farqlanadi.
Dyuymli rezьbalarning 3
16 dan 4 gacha bo’lgan diametrlari standartlashtirilgan.
Rezьba profilini vint yoki gaykaning o’qi bo’ylab kesilganda ko’rish mumkin. Uning chiviqqa
bir marta to’liq o’ralishini
rezьba ipi yoki o’ram deb ataladi.
Rezьba
qadami
orasida
hosil
bo’lgan
burchak-profil burchagidir. Metrik rezьbada
bu burchak 60
, dyuymli rezьbada 55
ni
tashkil qiladi.
Profil asosi bilan uning uchigacha
bo’lgan oraliqni
rezьbaning balandligi yoki
chuqurligi (N1) deb ataladi. Yonma-yon
joylashgan ikki o’ramning rezьba o’qi
bo’ylab o’lchangan uzunligi rezьbaning
qadami deb ataladi.
Metrik
rezьbalarda
qadam
millimetrlarda, dyuymli rezьbalarda esa bir
dyuymga to’g’ri kelgan rezьba «ip»lari soni
bilan ifodalanadi.
Rezьbaning tashqi diametri (d) rezьbali sirtga tutashgan rezьba kesilmagan
tsilindrsimon chiviq diametridir. Boltlarda tashqi diametr rezьba profilining uchidan, gayka esa
chuqurchadan o’lchanadi.
Rezьbaning ichki diametri (d1) deb tsilindrning rezьbali sirti diametriga aytiladi.
Boltlarda ichki diametrlar rezьba chuqurchasidan, gaykalarda esa
rezьba profilining uchidan
o’lchanadi.