• Konussimon konstruktsiyali metchiklarda
  • Dastakli mashina metchiklari
  • Mashina metchiklari
  • Plashkali metchik
  • Kombinatsiyalashtirilgan metchiklar
  • TSilindrsimon konstruktsiyali metchiklar




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    TSilindrsimon konstruktsiyali metchiklar to’plamidagi asboblarning diametrlari 
    turlicha bo’ladi. Kesuvchi qismining qiyalik burchagi toza ishlov beruvchi metchikda 12


    o’rtachasida 7

    , xomaksida 3

    ga teng. Bu turdagi metchiklar bilan berk teshiklarga rezьba 
    kesiladi. 
    Konussimon konstruktsiyali metchiklarda har uchala asbob bir xil diametr, turli 
    uzunlikdagi kesuvchi qismdan iborat bo’ladi. Xomaki metchikda kesuvchi qism ishchi 
    qismining uzunligiga, o’rtachasida bu uzunlikning yarmiga, toza kesuvchisida-ikki o’ramga 
    teng. Konussimon metchiklar bilan asosan ochiq teshiklarga rezьbalar kesiladi. 
    Dastakli mashina metchiklari parron, berk teshiklarga mashina va qo’l usulida metrik, 
    dyuymli, tsilindrsimon, konussimon rezьbalar kesishda ishlatiladi. Bunday metchiklarning ikki 
    turi bo’lib, birinchisi bitta, ikkinchisi esa ikkita (xomaki va toza) metchikdan iborat. 
    Mashina metchiklari bilan parron va berk teshiklarga dastgoh yordamida rezьba 
    kesiladi. Ular tsilindrsimon hamda konussimon shaklda yasaladi. 
    Gayka metchiklari o’z nomi bilan gaykalarga rezьba kesish uchun ishlatiladi. Asosan 
    ikki qismdan-kesuvchi va quyruqdan iborat. Gayka metchiklarining quyrug’i egilgan turlari 
    ham bor. 
    Plashkali metchik o’zining kesuvchi konusining kattaligi bilan gayka metchiklaridan 
    farqlanadi, u rezьba kesish uchun ishlatiladi. 
    Matokli metchiklar rezьbani tozalash uchun qo’llaniladi. Ularning ariqchasi o’ng 
    spiralli bo’ladi. 
    Kombinatsiyalashtirilgan metchiklar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi 
    teshikka xomaki rezьba kesish, ikkinchi qismi rezьbaga uzil-kesil ishlov berish uchun 
    mo’ljallangan. 
    Bir vaqtda ikkita operatsiyani bajaradigan metchik-parma parmalovchi, rezьba 
    kesuvchi va quyruq qismlardan tuzilgan. Parron teshiklarga rezьba kesishda qo’llaniladi. 
    Bunday asbobda avval detal teshiladi, kesish yakunida rezьba kesishni metchik qismida davom 
    ettiriladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish