|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаKesish jarayoni va usullari
To’g’ri chiziqlik ariqchalar qirqish
1.
Ariqchalar rejalash va reja chiziqlariga kern urib chiqish.
2.
Kreytsmeyselni ichkarisiga qaratib, shunday o’tkirlansinki uni kesuvchi tig’i uchki qismidan
enli bo’lsin, shunda kreytsmeysel ariqchaga bemalol sig’adi.
3.
Zagatovka tiskida shunday siqib o’rnatilsinki ariqchani tubi tiski jag’idan 2-3 mm yuqorida
tursin.
4.
Kreytsmeysel bilan ariqchani xomaki uyish, keyin uzil kesil quyish.
Egri chiziqli ariqchalar kesish
1.
Rejalash birinchi urinishda aniq chiqmasligini va ko’pincha uni uchirib yangittan chizishga
to’g’ri kelishini hisobga olib, egri sirtda qalam bilan rejalanadi.
2.
Kreytsmeysel ariq uygich bilan ariqcha uyish, bunda aval ariqchani bir uchidan o’rtasiga
qaratib so’ngra ikkinchi uchidan o’rtasiga uyish .
3.
Ariqchalar uyishni uch o’tishda bajarish kerak. Birinchi o’tishda ariq uygichga bolg’acha
bilan yengil zarblar berib reja chiziqlari bo’yicha ariqchalar izi belgilab chiqiladi, ikkinchi
o’tishda ariqcha profilini saqlab, tozalab qirqish uchun qoldirilgan ariqchani
chuqirlashtirish. Uchinchi o’tishda tekisliklarni tekislab ariqchaga bir xil chuqirlik, kenglik
va talab etilgan notekislikni bergan xolda arqchani ikkala uchidan boshlab tozalab qirqish.
4.
Radis yuzaning qirqilish sifatini tekshirish: yon yuzalarda va tubida chiqiqlar bo’lmasligi
kerak. Ariqchalarni eni va cho’qirligini radius andaza bilan tekshiriladi.
Listaviy metallni kesish. Listaviy materiallar tiski jag’lari sathida kesiladi. Buning
uchun ishlanadigan buyum tiskiga reja sathiga jag’lar satxiga to’g’ri keladigan qilib
mahkamlanadi va zubilo jag’ bo’ylab suriladi.
Enli sirtlarni kesish. Kichikroq detallar tiskiga reja chizig’i jag’lari sathidan 5-10 mm
yuqoriroq qilib o’rnatiladi. Yirik detallar dastgohlarda yoki o’rnatilgan joyida kesiladi.
CHiviq va listaviy detallarni kesish. CHiviq material plita yoki sandon ustida kesiladi.
Butun perimetri bo’ylab rejalab olingan chiviq plita ustiga qo’yiladi, zubiloni tik ushlab,
bolg’a bilan qattiq-qattiq urgan holda chiviqning bir tomoni, so’ngra shu tartibda ikkinchi
tomoni kesib olinadi.
|
| |