- 18 -
Almashinuvchi muhrali bolg’achalar yumshoq
materiallardan tayyorlanib, bolg’aning ishchi
qismiga pona shaklida mahkamlab qo’yiladi. Bu
xildagi bolg’alar
ishlov berish tamomlangan
sirtlarning
ayrim
nuqsonlarini
tekislashda
qo’llaniladi.
Almashinuvchi muhralar sifatida mis, qo’rg’oshin yoki yog’ochli
muhra ishlatilishi
mumkin.Tekislagichlar (yog’och yoki metall bruslar) yupqa list va metall taxtalarni
to’g’rilashda ishlatiladi. Detallarning notekisligini ko’z bilan yoki detalga qo’yilgan
taxta
oralig’idagi tirqishga qarab tekshiriladi. Mabodo, unda egri joylar bo’lsa, bo’r bilan belgilab
qo’yiladi.