• Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Kontrol chiziqchalar. Rejalash chiziqlari zagotovkaga ishlov berish paytida o’chib 
    ketishi mumkin bo’lgan hollarda undan 5-10 mm narida kontrol chiziqchalar chizib olinadi. 
    Teshikka ishlov berishning to’g’riligini tekshirish uchun uning atrofida 2-8 mm ga katta radius
     
    Rejalash chiziqlarini kernlash 
    Rejalash chiziqlarini saqlash uchun ular 
    kernlanadi. Kernlar bir me’yorda tushirili va 
    rejalash chizig’i ustida aniq yotishi kerak. 
    Buning uchun kernerning o’tkir uchini 
    chiziq ustiga qiyaroq (kernlovchiga nisbatan 
    qarshi tomonga bir oz og’dirib) qo’yib, 
    so’ngra vertikal vaziyatga keltiriladi va asta 
    bolg’a bilan uriladi. Kernlar iloji boricha 
    kam bo’lishiga intilish kerak, shunda aniqlik 
    oshadi. Detalga ishlov berish paytida 
    kernning yarmi qoladigan qilib qo’yim 
    olinadi. 
    To’g’ri qismlarda kernlar orasidagi masofa 
    20-50 mm (kichik son mayda detallar uchun, 
    katta son yirik detallar uchun), burchak va 
    egri joylarda esa 5-10 mm bo’ladi. 
    CHiziqlarning oxiri, ular kesishgan nuqtalar, o’tish joylari barcha hollarda ham kernlab 
    qo’yiladi. 
    Teshiklarning markazlari markazlovchi kerner bilan kernlanadi. Bunda kern chuqurroq 
    tushiriladi. Aylananing to’rt joyidan (o’qlar kesishgan joyidan) kernlash kifoya. 
    Ishlov berilgan detallarda kernlar faqat chiziqlarning oxiriga tushiriladi, ba’zan, toza 
    ishlov berilgan sirtlardagi chiziqlar kernlanmaydi, ularni yon yoqlariga davom ettirib, o’sha 
    joyda kernlanadi. 
    Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari 
    CHilangarlikda rejalash ishlari asosoan metallarga ishlov berish va mehnat faoliyati ular 
    bilan doimiy ravishda bog’liq bo’lganligi uchun, chilangar (talaba)ning belgilangan me’eriy 
    tartib qoidalarga rioya qilishi talab etiladi. Bunda rejalash ishlarini bajarishdan oldin chilangar 
    rejalash ob’ektiga ishlov berish turiga qarab maxsus kiyim kechaklar va ximoyalash asboblari 
    bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Jumladan keskir va o’tkir qilib charxlangann asboblar bilan 
    ishlashda qo’llar ximoya qo’lqoplari bilan ximoyalangan, tana esa, rejalash ob’ektidan 
    belgilangan uzoqlikda tutib turilishi lozim. 
    Elektr asboblaridan foydalanishda esa, ularning kopuslarini bununligini, ulash 
    simlarinig ximoya qatlamlari ochilib qolmaganligini tekshirish kerak. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish