- 14 -
CHiziqni faqat bir marta chizishga ruxsat beriladi. Uni ikkinchi marta chizganda xuddi
ilgarigi joy ustidan yurgizish qiyin, natijada bir necha parallel chiziqlar hosil bo’ladi va ulardan
qaysi biri zarurligini bilib bo’lmaydi. Agar chiziq yaxshi tortilmagan bo’lsa, uni bo’yab
yuborish va boshqatdan chizish kerak.
Vertikal chiziqlar go’niya yordamida chiziladi. Bunda yassi go’niya lineykaga taqab
qo’yiladi. Tokchali go’niya esa zagotovkaning ishlov berilgan qirralariga taqab yurgiziladi.
Agar detalning sirtlari ishlanmagan bo’lsa, go’niyani rejalash plitasiga qo’yib, surilib
ketmasligi uchun ustidan yuk bostirib qo’yiladi. Go’niya plitaning
yon tekisliklariga nisbatan
to’g’rilanadi. SHundan so’ng chiziqlar chiziladi. Aniq rejalashda perpendikulyar chiziqlarni
geometrik yasashlar yo’li bilan chiqariladi.
Parallel chiziqlar chizishda ularning boshi va oxiriga belgi tushirib, shular orqali chiziq
tortiladi. Agar imkon bo’lsa, parallel chiziqlarni T-simon tokchali go’niya yordamida chiziladi.
Bunda u zarur masofaga surib turiladi.
CHiziqlarga o’lchamlarni qo’yishda boshlang’ich
nuqtaga kichkinagina kern
(chuqurcha) tushirish kerak. SHunda tsirkulь surilib ketmaydi. So’ngra tsirkulь bilan kaltagina
yoycha chizib, kesishish o’rni kernlab va h.k. Barcha kesmalar qo’yilgandan so’ng ularning
umumiy uzunligi tekshirib ko’riladi, chunki har bir kesmani qo’yishda xatoga yo’l qo’yilishi
mumkin.