- 12 -
SHtangentsirkulь ko’rsatkichini o’qish. SHtangentsirkulni ko’zning ro’parasida tutib,
millimetrlarning butun sonlarini chapdan o’ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan
sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi.
Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chapdagi
yaqinroq raqmga sanoq boshi
kattaligini nonius qisqa shtrixining tartib raqamiga ko’paytirishdan chiqqan natija qo’shiladi.
Rejalash usullari
Rejalashga kirishishdan oldin yasaladigan detalning chizmasi bilan tanishib chiqib,
uning shakli, konstruktsiya xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va xayolda
rejalash planini belgilab olish lozim. So’ngra zagotovkani tekshirish kerak.
Bunda uning
darzlari, o’yiqlari va boshqa nuqsonlari bor-yo’qligi aniqlanadi. Buning uchun zagotovkani
ko’zdan kechirib chiqish va unga bolg’a bilan urib ko’rish kerak (dirillagan
tovush darz
borligini bildiradi).
Zagotovkani ko’zdan kechirib chiqish uning sirtida chiqiqlar, g’adir-budirliklar,
quyindilar,
iflosliklar, zanglar bor-yo’qligini ham aniqlashga imkon beradi. CHiziqchalar
chizishdan oldin chiqiq joylarni kesib tashlash, g’adir-budirliklarni tekislash, metall cho’tkalar
bilan iflos sirtlarni tozalash kerak.
SHundan so’ng zagotovka o’lchamlari yasaladigan detalь o’lchamlariga mos kelishi va
ishlov berish uchun detalda qo’yim qoldirilganligi tekshiriladi.
Buning uchun zagotovkaning
uzunligi va eni o’lchanadi va ular detalning gabarit o’lchamlariga solishtirib ko’riladi (yassi
detalning gabarit o’lchamlari deganda uzunlik va enidagi eng chekka nuqtalar orasidagi
masofalar tushiniladi). Rejalanadigan sirt bo’yaladi. SHunday qilinsa, rejalash chiziqlari yaxshi
ko’rinib turadi. Buning uchun ishlatiladigan bo’yoq sirtga
yaxshi yotishi, tez qurishi va oson
ketadigan bo’lishi lozim. Turli sirtlarni bo’yash uchun ishlatiladigan vositalar qutsidagi
jadvalda keltirilgan.
Agar reja chiziqlari metallda yaxshi ko’rinib tursa, sirtni bo’yamasa ham bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan tayyorlov operatsiyalari bajarilgandan so’ng o’lchamlarni
qo’yish va rejalash chiziqlarini chizishga kirishiladi. Bundan oldin bazalar-o’lchamlar qo’ya
boshlanadigan chiziq yoki tekisliklar belgilab olinadi.
Baza sifatida:
a) Zagotovkaning tashqi qirralari, agar zagotovkada ishlangan sirt bo’lsa, shu sirt baza
deb qabul qilinadi. Ba’zan, baza uchun mo’ljallangan sirtga maxsus ishlov beriladi. Agar
zagotovkaning hech yeri ishlanmagan bo’lsa, baza deb qabul qilinadigan sirtlar tekislanadi.
b) Simmetrik detallarda simmetriya o’qlari, markaz chiziqlarini
baza deb qabul qilish