|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланма- 10 -
Kernerlar
Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq
ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
Bunda korpus va yo’naltiruvchi vtulka pastga
suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi
bilan polzunni bo’shatadi. Polzun prujina
ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan
rostlanadi.
Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va
o’zak 3 dan iborat. Elektr toki o’tganda
elektromagnit g’altagi o’zakni tortadi. O’zak
pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik
5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr
kerner chiziq ustiga qo’yiladi va uning
korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr
kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri
ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o’zak dastlabki vaziyatiga
qaytadi.
Markaz qidirgichlar teshiklarning markazini topishga imkon beradi. Oddiy markaz
qidirgich (rasmga qarang) o’ziga biriktirilgan chizg’ichli go’niyadan iborat. CHizg’ich
go’niyaning to’g’ri burchak bissektrisasi hisoblanadi.
Markaz qidirgich-go’niyani buyumning tashqi sirtiga qo’yib, chizg’ich bilan to’g’ri
chiziq o’tkaziladi. U aylana markazi orqali o’tadi. Go’niyani ma’lum burchakka burib, ikkinchi
to’g’ri chiziq chiziladi. Ular kesishgan joy qidirilayotgan markaz bo’ladi. Markaz qidirgichlar
transportir go’niya-markaz qidirgichdan transportiri 2 borligi bilan farq qiladi. Transportir
so’rgich 4 yordamida chizg’ich 3 bo’ylab surilishi va gayka 5 bilan zarur vaziyatga
mahkamlab qo’yilishi mumkin.
Markaz qidirgich
CHizg’ich go’niya 1 ga mahkamlangan.
Transportir tsilindrik detalь markazidan
ma’lum masofada joylashgan teshiklarning
markazini topishga imkon beradi 45
0
burchak
ostida yotgan va detalь markazidan 25 mm
naridagi a nuqtaning vaziyati topilgan).
Mavjud teshikning markazi chizg’ich 2 va
ikkita shtift 1 li planka 3 dan iborat bo’lgan
markaz qidirgich bilan topiladi. Rejalash
uchun markaz qidirgich shtiftlari teshik
sirtiga tegib turadigan qilib o’rnatiladi. U
xuddi
go’niya-markaz
qidirgich
kabi
ishlatiladi.
CHilangarlikda qo’llaniladigan barcha o’lchash va nazorat qilish vositalarini ikki-
nazorat-o’lchov asboblari hamda o’lchov asboblari guruhiga bo’lish mumkin.
|
| |