- 11 -
O’lchov asboblariga quyidagilar kiradi:
richagli mexaniq asboblar (indikatorlar, indikatorli nutrometrlar, richagli tutqichlar);
optik-mexaniq asboblar (optimer, mikroskop, proektor, interferometrlar);
elektr asboblar (profilometrlar).
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asboblarning aniq o’lchashini va qimmatbaholigini hisobga
olib, ulardan foydalanish hamda saqlash haqidagi instruktsiyaga amal qilish kerak.
Tekislilik va to’g’ri chiziqlilikni nazorat qilish asboblaridan biri bo’lgan
lekalo
chizg’ichlari uch turda tayyorlanadi: ikki tomonlama chegalangan (LD), uzunligi 80, 125, 200,
320 va 500 mm; uch qirrali (LT), uzunligi 200 va 350 mm; to’rt qirrali (LCH), uzunligi 200,
350 va 500 mm.
Lekalo chizg’ichlari bilan to’g’ri chiziqlilikni «yorig’lik tirqishi» usulida tekshiriladi.
Buning uchun chizg’ichning o’tkir qirrasini tekshiriladigan sirtga qo’yiladi.
Detal bilan
chizg’ich orasidan yorug’lik o’tishi yuzaning to’g’ri chiziqdan og’ganini ko’rsatadi.
Tekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo’llaniladi.
Ular mayda
donali kulrang cho’yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo’yicha taxtalar 4
klassga
bo’linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda, to’rtinchisi esa rejalashda qo’llaniladi.
Taxtalarda bo’yoq usulida tekshirish yuqorida ko’rsatib o’tilgandek bajariladi.
SHtangenasboblar
SHtangenasboblar mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi
diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi.