- 8 -
CHizg’ichlar
Tekislikda
rejalashda
qo’llaniladigan
qurollarga chizg’ichlar, go’niyalar, rejalash
tsirkullari, kernerlar, markaz qidirg’ich,
chizg’ichlar kiradi.
CHizg’ichlar rejalash
chiziqlarini chizish
uchun mo’ljallangan. Ular toblangan va
o’tkir qilib charxlangan uchli po’lat
sterjendan iborat. U7, U8
markali uglerodli
asbobsozlik po’latidan yasaladi. Ishlab
chiqarishda chizg’ichlarning bir necha xillari
qo’llaniladi:
а) bir uchi o’tkir, ikkinchi uchi halqasimon
sim chizg’ichlar;
б) bir uchi o’tkir, ikkinchi tomoni ushlashga oson bo’lishi uchun g’adir-budir qilib,
yo’g’onroq ishlangan
yo’rma chizg’ichlar;
в) ikki tomonlama chizg’ich, ikki uchi ham o’tkir bo’lib noqulay
joylarga chiziqchalar
chizishda ishlatiladi;
г) strelka-chizg’ich, bir uchi o’tkir to’g’ri burchakli kesimli chizg’ich, uning sirtlari yaxshi
ishlangan bo’lib, uni go’niyalar, kubiklar bo’ylab bemalol surishga imkon beradi.
Masalan, shtangenreysmosda ishlatiladi.
Amalda
qo’yma ninali chizg’ichlar qo’llaniladi. Nina sifatida oddiy patefon ninasidan
foydalanish mumkin.
Yaxshi ishlov berilgan sirtlarni rejalashda ularni shikastlamaslik
uchun yumshoq
materiallardan qilingan chizg’ichlar ishlatiladi (masalan, po’lat uchun latunь chizg’ichlar
ishlatiladi).
CHizg’ichlar yaxshi o’tkirlangan bo’lishi lozim. Ularning ish qismi qancha o’tkir
bo’lsa, rejalash chizig’i ham shuncha ingichka chiqadi va rejalash aniqligi shuncha oshadi.
CHizg’ichlar charxlash stanoklarida o’tkirlanadi. Buning uchun ularni aylanib turgan
doiraga tekkiziladi va ravon burib turiladi.