• - 5 - CHilangarlik ish jihozlari
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

     
    Mehnatni ilmiy tashkil etish 
    Rejalash, kesish, to’g’rilash va egish, metall qirqish, parchinlash, shaberlash, 
    kavsharlash, qalaylash, yelimlab biriktirish, asosan, qo’lda bajariladi. Ko’l mehnati bilan 
    bajariladigan ishlar mexanik usuldagiga qaraganda birmuncha unumsiz bo’lishi bilan birga 
    katta jismoniy kuch talab qiladi. SHuning uchun ham imkoni boricha qo’l mehnatini 
    mexanizatsiyalashga harakat qilinadi. 
    Mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida eng kam vaqt, kuch hamda 
    mablag’ sarflagan holda mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanishga, mehnat 
    unumdorligini oshirishga imkon beradi.


    - 5 - 
    CHilangarlik ish jihozlari 
     
    1-rasm. Stol girasi 
    CHilangarlik 
    dastgohi. 
    Dastgohning sinchi chuyan yoki 
    po’lat 
    burchakliklardan 
    yasaladi. 
    Uning usti 50-60 mm li qattiq 
    yog’ochdan tayyorlanib 1-2 mm 
    qalinlikdagi 
    po’lat tunuka bilan 
    qoplanadi. Ostki qismidagi tortma 
    xaladonlar asbob-uskuna va detallarni 
    saqlashga 
    mo’ljallangan. 
    CHilangarlik dastgohlari bir va ko’p 
    o’rinli qilib ishlab chiqariladi. 
    Bir o’rinliligi 1000-1200 mm x 
    700-800mm x 800-900 mm ko’p 
    o’rinliligi 
    esa 
    ishchilar 
    soniga 
    muvofiq, holda tayyorlanadi. 
     
    CHilangarlik girasi (qiskichi) ishlov beriladigan detalni kerakli holatda ushlab turuvchi 
    qiskichli moslamadir Ishlatish xarakteriga muvofik, ularni stol va qo’l giralariga guruhlash 
    mumkin. Stol girasi toblangan po’latdan tayyorlanib ikki qismdan, qo’zg’aluvchi (4) va 
    qo’zg’almas (5) jag’lardan tuzilgan (1-rasm, a). qo’zg’almas qismining davomi stolga o’rnatish 
    uchun teshikli moslamaga (7) ega. Vint (3)ni dastak (1) yordamida kerakli tomonga aylantirish 
    bilan giraning jag’lari harakatga keltiriladi. 
    Buriluvchi parallel jag’li giralar 60° dan kam bo’lmagan burchakka burilishi mumkin 
    (2-rasm). 
    2-rasm. Buriluvchi gira 
    Giraning qo’zg’almas jag’i tagidan to’rt 
    burchakli teshik o’tgan bo’lib, o’nta qisuvchi 
    vintning gaykasi (10) joylashtirilgan. Bu 
    teshikdan qo’zg’aluvchi jag’ning asosini 
    tashkil qiluvchi to’rt burchak shaklidagi 
    kavak prizma (7) o’tgan. Qo’zg’aluvchi 
    jag’ning korpus teshigidan o’tuvchi vint (11) 
    to’xtatgich planka (6) bilan mahkamlangan. 
    Dastak tutqichini (5) u yoki bu tomonga 
    aylantirilishi natijasida vint (11) gaykaga 
    (10) buralib kirada. qo’zg’aluvchi jag’ va 
    qo’zg’almas jag’ (9) ga yaqinlashib, ishlov 
    beriladigan detalni qisadi. 
    Qo’zg’almas jag’ giraning asosi bilan markaziy bolt vositasida birlashtirilgan bo’lib, u 
    bolt atrofida har ikki tomonga 60° dan kam bo’lmagan holatda burila oladi. 
    Burilmaydigan parallel jag’li giralar dastgoh ustiga o’zining asosi (6) bilan o’rnatiladi. 
    Uning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida buriluvchi giralardagi kabi jag’lariga plastinka 
    (3) o’rnatiladi.


    - 6 - 
    3-rasm. Burilmaydigan gira 
    Bu giraning ishlash tartibi ham xuddi 
    buriladigan giralar singari. Burilmaydigan 
    jag’larning (4) o’lchami 80 va 140 mm, 
    jag’larining kerilishi 95 va 180 mm. 
    Pnevmatik 
    giralar 
    jismoniy 
    kuch 
    ishlatmasdan detallarni ishonchli ravishda 
    doimiy qisib turish imkonini beradi, uning 
    qisa olish vaqti 2-3 soniya, kuchlanish esa 
    300 N. Pnevmatik giralar asosga boltalar 
    bilan biriktirilgan qo’zg’aluvchi qismdan 
    iborat. 

    Download 3,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish