|
CHilangarlik ish joyini tashkil etishBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланма
CHilangarlik ish joyini tashkil etish
Ish o’rni deganda, ustaxona yoki tsexning alohida ishchi (talaba) yoki ishchilar
(talabalar) guruhining ixtiyorida bo’lgan va u topshiriqni bajarishda kerak bo’ladigan jixoz,
moslama, asbob va materallarning maqsadga muvofik holda joylashtirilgan ma’lum qismi
nazarda tutiladi. Ish o’rni elementlariga quyidagilar kiradi:
ish bajariladigan jixozlar, mexanizm va moslamalar;
material, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, chiqindilarni joylashtirish
va saqlash uchun qurilmalar (stellajlar, taralar);
asboblar, moslama va texnikaga oid xujjatlarni joylashtirish va saqlash uchun
qurilmalar (turli tokchalar, ramkalar);
ish o’rniga biriktirilgan qurilma-transport vositalari (tal, aravachalari);
normal va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi, qurilmalar (mahalliy yoritish,
ventiliyatsiya va sovutuvchi qurulmalar, xavfsizlik texnikasini nazarda tutib
qilingan turli tasdiklar);
Ishchi yoki guruhlarni qiynalmay ishlashi uchun qulay joy va moslamalar (oyoq ostiga
qo’yiladigan tagliklar, stullar).
Ish joyini tashkil qilishda rejalashtirish muhim bo’lib, ish vaqtining xar bir daqiqasida
samarali foydalanish talab etiladi. Ish vaqtining qadriga yetishga ko’nikish uchun qo’yidagi
asosiy qoidalarni esda tutish zarur: xar bir talaba o’z maqsadini aniq bilishi va ishga darhol
kirishishi, butun e’tiborini eng asosiy ishga qaratishi, dadil harakat qilishi, ishni keyinga
qoldirmasligi, yozuv daftari tutishga odatlanishi kerak.
Ish o’rnida joy va asbob-uskunalar joylashishining qo’layligini aniqlash, maqbul ish
doirasi, qurish doirasi va ish usullarini ta’minlay olish - olmasligini tekshirib ko’rishi kerak.
Masalan, yetarli yoritilmaslik, jihozlarning noqulay joylashishi, ko’p chang chiqishi,
xaroratning keskin o’zgarishi, shovqin, titrash va x.k. ish sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ish
o’rnini rejalashtirishda maqbul ish doirasi radiusi 300 mm bo’lgan, xar qaysi qo’l uchun yey
bilan chegaralanishi zarur (4-rasm, a). Yordamchi asbob va moslamalar o’rnatiladigan joy
radiusi taxminan 430 mm bo’lgan yoy bilan chegaralanishi kerak. Ayniqsa, qo’l yetadigan
doira radiusi 650 mm. dan kam bo’lmasligi, shuningdek, qo’llar maksimal yetadigan joy
radiusi 850 mm bo’lishi lozim.
Kerakli asbob va moslamalarning ko’rsatilgan chegaralardan tashqarida joylashuvi
ishchining ortiqcha harakat qilib, gavdasini tez-tez egishiga olib keladi.
- 7 -
4-rasm. Gorizontal va vertikal tekisliklardagi ish doiralarining tasnifi
|
| |