|
CHilangarlik ishlarida sanitariya gigiena sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va yong’ingaBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаCHilangarlik ishlarida sanitariya gigiena sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va yong’inga
qarshi tadbirlar
CHilangarlik ishlarini bajarish inson omiliga asoslangan ish faoliyati bo’lib uning sifatli
bajarishi yaratilgan shart-sharoitlar va sanitariya gigiena qoidalariga asoslangan bo’lishi lozim.
CHilangar (talaba) ishga kirishishdan oldin maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlagan
bo’lishi, ish turiga bog’liq xolda rezina, maxsus iplardan to’qilgan yoki berezent qo’lqoplardan
foydalanish lozim. Payvandalash ishlarini bajarishda esa maxsus himoya ko’zoynaklari va
kaskalar va rezina etiklar bilan qurollanishi ko’rsatilgan.
Asboblarni charhlash va ularni kesish jarayonida shaffof, palstmassadan yasalgan
ko’zoynaklardan foydalanishi ko’zda tutilgan.
CHilangarlikda asosiy bajariladigan ishlar metallar va ularning turli qattiq birikmalari
bilan bog’liq bo’lganligi uchun ularni qayta ishlash davrida yuqori miqdordagi issiqlik ajralib
chiqishi yoki turli yong’inga sabab bo’luvchi uchqunlar ajralib chiqishi mumkin. SHu boisdan
qo’l ostida doimiy ravishda davlat standartlariga javob beradigan o’t o’chirish moslamari: qum
solingan idish, chelak, belkurak, maxsus yong’in o’chirish suyuqligi bilan to’ldirilgan idish
saqlanishi lozim.
Rejalash va o’lchash asboblari
Zagotovkaning o’lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum o’lchamlaridan katta
bo’ladi. Zarur shaklli va o’lchamli buyum yasash uchun zagotovka sirtidan ma’lum metall
qatlamini yo’nib, unga ishlov berish kerak. Ishlov paytida yo’niladigan metall qatlami qo’yim
deb ataladi.
Zagotovkaga chizmada ko’rsatilgan shakl va o’lchamlarni tushirish operatsiyasi
rejalash deb ataladi.
Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo’lgan hollardagina
rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari qo’llanganda 0,5 mm gacha
aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash millimetrning yuzdan bir ulushigacha
aniqlikni ta’minlaydi.
Rejalashning ikki turi bor - tekislikda rejalash va fazoviy rejalash.
|
| |