|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаKesmani qismlarga bo’lish. Kesmani qismlarga bo’lishda bir qismining uzunligi
hisoblanib, tsirkulni hosil qilingan o’lchamga qo’yiladi va qancha kerak bo’lsa, uni shuncha
marta qo’yib chiqiladi (xatoga yo’l qo’yilsa bu ish qaytariladi). Aniq rejalashda kesmalar
geometrik yo’l bilan qismlarga bo’linadi.
CHiziqni ko’p qismlarga bo’lish kerak bo’lsa, xatolar yig’ilmasligi uchun uni oldini 2,3
va 5 qismga bo’lib olish, so’ngra hosil bo’lgan kesmalarni yana bo’lish kerak.
Kesmani bo’linmaydigan sonlar - 11, 13, 17, 19, 23 va h.k. larga bo’lishda kesma
kattalashtiriladi (yoki kichraytiriladi). Bu bo’linadigan sonli qismlar hosil qilish uchun
qilinadi, so’ngra yuqoridagidek qismlarga bo’linadi.
Qiya chiziqlarni yasash, burchaklarni qo’yish. Qiya chiziqning vaziyati ikki o’lcham
(gorizontal va vertikal o’lcham) ko’rinishida burchak orqali berilishi mumkin (qiya chiziq
gipotenuza bo’ladi, o’lchamlar esa to’g’ri burchakli uchburchakning katetlari hisoblanadi).
Qiya chiziqning og’maligi qiyalik bilan ifodalanishi mumkin.
Qiya chiziqning vaziyati burchak orqali berilganda, uni transportir, burchak o’lchagich
yoki malka bilan o’lchab qo’yish va chiziqcha bilan belgilab, chizg’ich yordamida chiziq
o’tkazish mumkin. Lekin buni aniq bajarib bo’lmaydi. CHiziqchaning ozgina noto’g’ri
belgilanishi va chiziqning xiyol noto’g’ri chizilishi burchak kattaligining ancha noto’g’ri
chiqishiga sabab bo’ladi.
Burchaklarni qismlarga bo’lish chizmachilik kursidan ma’lum bo’lgan oddiy geometrik
yasash usullari yordamida bajariladi.
Aylana va yoylarni chizish. Aylanalarni chizishda tsirkulni uning aylana markaziga
qo’yilgan oyog’iga kuch tushadigan qilib aylantirish kerak. Aks holda tsirkulь surilib ketib,
aylana noto’g’ri chiziladi. TSirkulning qo’zg’almas oyog’i qo’yiladigan nuqta kernlab olinadi.
Aylanalarni rejalashda ko’pincha ularning markazini topishga to’g’ri keladi, bu ishni
markaz qidirgich yordamida bajarish mumkin.
Agar zagotovkaning tsilindrik qismiga ishlov berilgan yoki u kalibrlangan chiviqdan
qirqib olingan bo’lsa, markaz qidirgichni ikkita vaziyatda qo’yish kifoya. Ikki to’g’ri chiziq
kesishgan nuqta biz qidirayotgan aylana markazi bo’ladi. Zagotovka qo’yib yoki shtamplab
yasalgan bo’lsa, go’niya uch vaziyatda qo’yiladi. Uchta chizilgan to’g’ri chiziq kesishib,
uchburchak hosil qiladi, biz qidirayotgan markaz shu uchburchak ichida yotadi.
Agar teshik mavjud bo’lib, aylanani rejalash va markaz chiziqchalarini topish lozim
bo’lsa, yog’och yoki yumshoq metalldan qilingan planka teshikka zich kiritiladi. Plankaning
- 15 -
sirti detalь sirti bilan bir sathda yotishi kerak. Markaz qidirgich yordamida plankadagi markaz
topiladi. TSirkulь yog’och plankadagi teshikni buzib yubormasligi uchun unga temir ust
qo’yma tiqib qo’yiladi.
Aniq rejalashda aylana va yoylarning markazlari geometrik yo’l
bilan topiladi.
|
| |