|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаFazoviy rejalash usullari
CHiziqlar chizish. Fazoviy rejalashda zagotovkaning vaziyati o’zgarib turganligi
uchun, detalni birinchi o’rnatishda gorizontal holatni egallaydigan chiziqlarni gorizontal
chiziqlar, shu holatda plitaga perpendikulyar yoki qiya yotadigan chiziqlarni vertikal yoki qiya
chiziqlar deb atash qabul qilingan.
Gorizontal chiziqlar reysmas yoki shtangenreysmas bilan chiziladi. Asbobni plita ustida
shunday surish kerakki, chizg’ichning o’tkir uchi detalga tegib tursin. Reysmasning vaziyati va
uni ishlatish usullari ko’rsatilgan. Oldin simmetriya o’qi yoki markaz chizig’i, keyin boshqa
chiziqlar chiziladi. Har bir chiziq faqat bir marta chiziladi.
Vertikal chiziqlarni quyidagi uch usulda chizish mumkin:
1) T-simon tokchali rejalash go’niyasi bo’yicha. Go’niya rejalanadigan sirtga taqaladi
va stol ustida bazalandi. Bu usul o’lchamlari go’niya tokchasi uzunligidan kichik bo’lgan yassi
sirtlar zagotovkalarni rejalash uchun yaraydi. Biroq. Detalning barcha tomonlaridan umumiy
chiziq chizish lozim bo’lgan hollarda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi;
2) detalni 90
burish yo’li bilan reysmas vositasidir. Bu usul o’rtacha kattalikdagi
detallarni rejalashda keng qo’llaniladi. Gorizontal chiziqlar chizib olingandan so’ng zagotovka
90
buriladi, uning vaziyati shu chiziqla bo’yicha go’niya yordamida tekshiriladi. So’ngra
vertikal chiziqlar: oldin simmetriya o’qi, keyin boshqa chiziqlar chiziladi. Kichik detallar
rejalash yashigiga yoki kubikka mahkamlanadi va u bilan birga buriladi. Yashikning tomonlari
qat’iy perpendikulyar bo’lgani uchun yashikni burgandan so’ng chiziqlar holatini
tekshirishning hojati yo’q. Detalni burish moslamalari yordamida ham burish mumkin.
3) qo’shimcha tekisliklardan foydalanib (surib bo’lmaydigan katta o’lchamli va
murakkab shaklli zagotovkalar uchun). Rejalash yashigi (burchaklik, kubik) plita ustiga (uning
chiziqlari bo’ylab va rejalanadigan sirtga perpendikulyar qilib) o’rnatiladi. Reysmas yashik
bo’ylab chizg’ichi rejalanadigan sirtga tegadigan qilib suriladi.
Qiya chiziqlar quyidagi usullardan biri bilan chiziladi:
1) zagotovkani burish yo’li bilan. Rejalanadigan detal burish moslamalari yoki qiya
kallakli domkratlar yordamida qiya chiziqlari gorizontal holatni egallaydigan qilib buriladi.
SHunda qiya chiziqlarni reysmas bilan chizish mumkin bo’ladi. Bu usul eng samaralidir,
ammo maxsus moslamalarni talab qiladi
2) burchak o’lchagich yordamida. Burchak o’lchagich yoki malka zarur burchakka
o’rnatiladi, bir tomoni rejalash plitasiga bazalanadi, ikkinchi tomoni zagotovkaga tarqaladi va
chizg’ich tushiriladi. Bu usul bilan aniq rejalash bo’lmaydi, u faqat yakka chiziqlarni chizish
uchun qo’llaniladi;
3) nuqtalar bo’yicha. Gorizontal hamda vertikal chiziqlarni rejalashda qiya
chiziqlarning uchlari belgilab qo’yiladi va topilgan nuqtalar birlashtirib chiqiladi.
Fazoviy rejalashda yoy va aylanalarni o’tkazish usullari xuddi tekislikka rejalashdagiga
o’xshaydi. Agar yoy va aylanalar har xil tekislikda yotsa va ularning kontsentrikliligini
ta’minlash kerak bo’lsa, universal rejalash tsirkullari (masalan, S.V.Lastochkin
shtangentsirkuli) ishlatiladi.
|
| |