• Rejalashda bazalar tanlash
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Rejalash usullari va tartibi 
    Rejalash oldidan zagotovka va detalning chizmasini yaxshilab o’rgani, rejalash planini 
    tuzish, ya’ni detal plitaga qanday vaziyatlarda qo’yilishini, rejalash qanday usulda bajarilishini 
    hamda detalning har bir vaziyatida nimalarni chizish kerakligini aniqlab olish kerak. Rejalash 
    planini to’g’ri belgilash uchun rejalovchi detalning vazifasi va ishini bilib olishi lozim. Buning 
    uchun u yig’ish chizmalarini va detalni tayyorlash texnologiyasini o’rganib chiqishi kerak. 
    Keyin zagotovka tekshiriladi. Uni ko’zdan kechirib va bolg’a bilan urib ko’rib, nuqsonlar
    darz, chuqurchalar bor-yo’qligi aniqlanadi. Korpus detallar gidravlik sinovdan o’tkaziladi. 
    Ulardagi hamma teshiklar berkitilib, ochiq qoldirilgan bittasidan ichiga suv haydaladi. 
    Korpusdan suv sizib chiqishi va xatto detal devorlarining namlanishi korpusning darz 
    ketganligidan dalolat beradi.. mayda detallarni suvga tiqib, chiga havo haydaladi. Agar havo 
    pufakchalari paydo bo’lsa, demak, u germetik emas. 
    So’ngra zagotovka o’lchamlari yasaladigan detal o’lchamlariga mosligi aniqlanadi. 
    Zagotovkaning gabarit o’lchamlari, qo’yilgan teshiklarning diametrlari, ular orasidagi masofa 
    tekshiriladi. Quyma zagotovkalar bitta emas, balki bir partiya bo’lsa, ulardan bittasini 
    tekshirish kifo. CHunki ularning hammasi bitta model bo’yicha quyiladi va bir xil o’lchamli 
    bo’ladi. SHtamplab tayyorlangan detallarda shtampning ajralish joylarida pokovkalar 
    qismlarining surilmaganligi tekshiriladi. 
    Rejalanadigan sirtlar loydan, qolip tuprog’i qoldiqlaridan tozalanadi. Reja chiziqlari 
    chiziladigan joylar bo’yaladi. 
    Rejalashda bazalar tanlash 
    Barcha tayyorgarlik ishlari qilib bo’lingandan so’ng bazaviy sirtlarni tanlash lozim. 
    Fazoviy rejalashda bazalar tanlash masalasi juda murakkab va muhim masala. CHunki har bir 
    detalning konstruktiv xususiyatlari va ish sharoiti bazalarga o’z talablarini qo’yadi. Bazaviy 
    sirtlarni tanlashda quyidagi qoidalarga asoslanish mumkin: 
    1. Agar zagotovkada ishlov berilgan sirt bo’lsa, shu sirt baza deb qabul qilinadi. Agar, 
    masalan, podshipnik korpusida ishlov berilgan asos bo’lsa hamda 

    30A
    3
    teshigini rejalash va 
    o’nga ishlov berish talab qilinsa, ana shu asos baza deb qabul qilinadi va undan teshik 
    markazigacha bo’lgan masofaga rioya qilinadi, aks holda 22

    0,1 mm o’lchamni ta’minlab 
    bo’lmaydi. 
    2. Zagotovkaning hech bir sirtiga ishlov berilmagan bo’lsa, ishlov berilmaydigan sirt 
    baza qilib olinadi. 
    3. Agar ma’lum joyda devorning qalinligiga rioya qilish lozim bo’lsa, baza tanlashda 
    shuni hisobga olish lozim. Faraz qilaylik, misol uchun ko’rilayotgan podshipnikda barcha 
    sirtlarga ishlov berilmagan bo’lsain. Bu holda ishlov berilmaydigan 

    40 mm li tsilindrik sirtni 
    baza o’rnida olish kerak. Devorlari qalinligini bir xilligini ta’minlash uchun markaz qidirgich 
    yoki shtangentserqo’l yordamida uning markazi topiladi va makaz chizilari chiziladi. Ulardan 
    boshlab 22

    0,1 mm o’lcham qo’yiladi va asos rejalanadi. Agar bu holda asosni baza deb olib, 


    - 56 - 
    oldin uni rejalaganimizda edi, devorlarning qalinligi bir xil chiqmagan bo’ladi. 
    4. Ham tashqi, ham ichki ishlov berilmagan sirtlar mavjud bo’lganda baza siftida tashqi 
    sirtlar olinadi. 
    5. Baza sifatida zagotovkalarning chiqib turgan qismlari-chiqiqlar, bobishkalar, 
    plakatlarni qabul qilish qulay. 
    Odatda, birinchi galda bazaviy sirtlardan boshlab markaz chiziqlari yoki simmetriya 
    o’qlari chiziladi, so’ngra shu chiziqlardan boshlab boshqa o’lchamlar qo’yiladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish