- 74 -
tayyorlanadigan ishqalagich ustiga buyum qo’yiladi va doiraviy yo’nalishda ishqalanadi.
Buyumni bo’shgina bosib,
bir tekis ishqalash kerak, aks holda ishqalagich donlari tezda
o’tmaslashib qoladi. Uzil-kesil ishqalashda buyum dastlabki ishqalashdagidan kuchsizroq
bosiladi. Buyumiing chetlari qiyshayib chiqmasligi uchun detalga tushadigan vertikal bosim
ishqalagich sirtiga tik bo’lishi, u qo’yiladigan nuqta esa ishqalovchiga
yaqkn turishi zarur
(quyidagi rasm,
a). Detalni surayotgandagi gorizontal bosim iloji boricha pastroqqa qo’yilishi
kerak.
Agar detalь katta o’lchamli bo’lsa, uni ishqalagich ustiga emas, balki ishqalagichni
detalь ustiga qo’yiladi.
SHarjirlangan ishqalagichning bir joyiga ishqalash jarayonida 15 ta chamasi,
erkin
yopishtirilgan abraziv donlari bilan ishlaganda 10 ta chamasi harakat qilinadi, shundan so’ng
abraziv material aralashtiriladi. Ishqalashda dag’al kukunlardan mayin kukunlarga, dag’al
pastadan o’rtacha dag’allikdagi pastaga va nihoyat, mayin pastaga o’tish lozim. Agar ishqalash
uchun bitta ishqalagichdan foydalanilsa, abraziv materialni almashtirgaida ishqalagich yuviladi
va quriguncha artiladi, shunda oldingi ishqalashdan qolgan abraziv izlari yo’qoladi.
Ishqalash jarayonida buyumning qizishini ham hisobga olish kerak. Agar temperatura
50°S
dan oshsa, buyumning ustki qatlami tob tashlashi va aniqligi yo’qolishi mumkin.
SHuning uchun detalni vaqt-vaqti bilan sovitib turish zarur.