• Ishqalash sifatini tekshirish.
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Detallarni bir-biriga ishqalash. Odatda, bu usulda klapanlar, jo’mraklar, tiqinlar, ya’ni 
    ger-metik bo’lishi talab qilinadigan tutash detallar ishqalanadi. 
    Jo’mrakni ishqalash 
    Ishqalanadigan detallar tozalab artiladi, ullriing 
    sirtiga kerosin yoki mashina moyiga aralashtirilgan 
    abraziv kukun yoki pasta qoplanadi. SHundan keyin 
    bir detalь ikkinchisiga ishqalanadi. Har 1—2 
    minutdan keyin abraziv kukun kerosinda qo’llangan 
    latta bilan artib tashlanadi va yangi kukun 
    qoplanadi. GOI pastasi to’q qo’ngir tusga kirgandan 
    so’ng artib tashlanadi. Oldin dagalroq kukun 
    (pasta), keyin mayinroq kukun (pasta) ishlatiladi. 
    Aylanish jismlarini bir-biriga ishqalashda ulardan biri dam u yoqqa, dam bu yoqqa 
    aylantiriladi (rasmga qarang). 
    Ishqalash sifatini tekshirish. Tekislilik lekalo chizg’ichlari bilan tekshiriladi. Bunda 
    0,002 mm gacha aniqlikka erishiladi. Bundan aiiqroq tekislilikka erishish lozim bo’lsa, 
    interferentsion usuldan foydalaniladi. Tekisliklarning parallelligi mikrometr, indikator va 
    boshqa richagli mexanikaviy asboblar bilan tekshiriladi. O’lchamlar mikrometrlar, richagli 
    mikrometrlar, o’lchash kallaklari va asbobsozlik mikroskoplari yordamida tekshiriladi. 
    Zarur profilь hosil bo’lganligini andazalar, lekalolar yordamida yorug’lik tirqishi 
    usulida, shuniigdek, proektorlar vositasida detalning kattalashtirilgan konturini tegishlicha 
    tayyorlangan chizma-grafik etalonga to’g’ri keltirib (0,001 mm aniqlikkacha) tekshirish 
    mumkin. 
    Burchaklar go’niyalar, burchak o’lchagichlar, andazalar, burchakli plitalar, sinus 
    chizg’ichlari bilan tekshiriladi. Tekshirish vositasi zarur aniqlik klassiga qarab tanlanadi. 
    Buyum qiziganda o’lchamlariniig o’zgarishi talab qilinadigan ishlov aniqligiga 
    o’lchovdosh bo’lgani sababli tekshirish paytida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun barcha o’lchash 
    ishlari 20°S temperaturada bajarilishi kerak. SHu tufayli o’lchashga kirishishdan oldin 
    tekshirilayotgan sirtni shu temperaturagacha sovitish lozim. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish