|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаXavfsizlik texnikasi
Kukun va pastalar ularning materiali hamda donadorlik nomeri yozib qo’yilgan tegishli
idishlarda saqlanadi. Surkov materiallari ham shunday idishlarda saqlanishi kerak.
Ishqalagichlarni zarblardan asrash lozim, ular tegishli javonlarda saqlanadi va berkitib
qo’yiladi. Ishqalovchining ish o’rni yaxshi yoritilishi darkor.
Ishqalagichlar puxta o’rnatilishi kerak, aks holda tushib ke-tib, ishchini shikastlashi
mumkin. Quruqlayin o’lchamiga yetkazish jarayonida ko’plab mayda metall va abraziv
changlari ajraladi, shuning uchun ishqalovchining ish o’rni yaxshi ishlaydigan ventilyatsiya
bilan jihozlanishi, ishchilar himoya ko’zoynaklari taqib olishlari zarur.
Pastalar tarkibida kislotalar ham bo’ladi, shu boisdan pastalarni qo’l bilan olish,
ishqalagich sirtiga qo’lni tekkizish, qo’l bplan artish yaramaydi.
Aylanuvchi ishqalagichlar bilan ishlaganda kirshmlariing tugmasini qadab olish kerak.
Qo’l ishqalagichga tegib ketmasligi uchun detalь aylanayotgan diskka sal-pal bosiladi.
Mexanizatsiyalashtirilgai asbobni ishlatayotganda tegishli xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilish shart.
- 78 -
Mavzuga oid nazorat savollari
1. SHaberlash deganda nimani tushunasiz?
2. SHaberlash qanday xollarda qo’llaniladi?
3. SHaberlashning mohiyati.
4. SHaberlar qanday asboblar?
5. Tekisliklarni shaberlash.
6. Bir tomonlama yaxlit shaberlar.
7. Ikki tomonlama shaberlar.
8. O’rnatma plastinkali shaberlar.
9. Egri sirtlar qanday turdagi shaberlar bilan ishlanadi?
10. Noqulay joylarni shaberlashda qanday turdagi shaberlar ishlatiladi?
11. Yig’ma shaberlar deganda nimani tushunasiz?
12. SHaberlar qanday charxlanadi?
13. SHaberlarning o’tkirlik burchagi tushunchasini izohlang.
14. SHaberlash sifatini tekshirish.
15. Tekshirish va rejalash plitalari.
16. To’g’ri chiziqli (yassi) sirtlarni shaberlash.
17. Yarim toza shaberlash.
18. Tozalab (pardozlab) shaberlash.
19. Egri chiziqli sirtlarni shaberlash.
20. Pnevmatik shaberlar.
21. Elektromexanik shaber.
22. SHaberlashni ishlov berishning boshqa turlari bilan almashtirish.
23. Metallarni yupqa randalash.
24. SHaberlashda xavfsizlik texnikasi.
25. Ishqalash materiallari deganda nimani tushunasiz.
26. O’lchamga yetkazish.
27. Abraziv materiallar.
28. Ishqalagichlar nima?
29. Statsionar shiqalagichlar.
30. Buyumni ishqalashga tayyorlash jarayoni.
31. Asosiy ishqalash qoidalari va usullari.
32. Tekisliklarni ishqalash.
33. TSilindrik va konussimon detallarni ishqalash.
34. Teshiklarni o’lchamiga yetkazish.
35. Konussimon teshklar qanday ishqalanadi?
36. Ko’zgu kabi yaltiraydigan sirt qosil qilish.
37. Detallarni bir-biriga ishqalash.
38. Ishqalash sifatini tekshirish.
39. Ishqalab moslash ishlarini mexanizatsiyalash.
40. Ishqalashda xavfsizlik texnikasi.
|
| |