Namangan muhandislik texnalogiya instituti




Download 2.43 Mb.
bet13/21
Sana26.05.2021
Hajmi2.43 Mb.
#14606
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
2.3. Paxtani havo favvorasida quritish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari

Ma’lumki, xozirgi kunda paxta tozalash zavodlarida paxtani barabanli quritgichlarda yuqori xarorat (150°C—250°C) da quritiladi. Bu jarayonda bizning natijalarimizga asosan tolaning destruktsayalanishi, ya’ni tolaning oqlilik darajasi yomonlashishi kuzatiladi. Tolaning oqlilik darajasi tola klassini aniqlashda asosiy parametrlardan biridir va paxta tolasini narxini belgilashda katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ushbu ilmiy izlanishni maqsadi tolani quritish jarayonida uning klassi yuqoriligini saqlab kelish muxim ahamiyat kasb etadi. Maqsadga erishish uchun paxtani quritishning yangi usulidan, ya’ni xavo favvorasi yordamida quritish usulidan foydalanish taklif etiladi. Chunki bu usulda paxtani quritganda uning oqlilik darajasi 18-20% ga ortadi, tolaning uzilishga mustaxkamligi saqlanib qoladi, energiya avvalgi quritgichlarga nisbatan kam sarf qilinadi va shularning hisobiga katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bu usulda quritish agenti, ya’ni havoning xarorati 50°C dan oshmaydi. Qurituvchi agentining shunchalik past xaroratida katta quritish tezligiga erishiladi, bunda sabab qurituvchi agent tezlik gradientining kattaligidir.

Quritish agregati rejimini optimal parametirga keltirilganda, bu yerda havo favvorasi vujudga keladi va paxtani quritish jarayoni boshlanadi. Favvora samarali bo’lishi uchun qurituvchi agent tezligi ma’lum bir effektiv qiymatda bo’lishi kerak.

Ma’lumki, paxtani barabanli quritgichda quritilganda paxta xarakteristikasi sifati jixatidan ancha yomonlashadi, Bizning olib borgan eksperimental natijalarimizga asoslanib paxta tolasini tabiiy xususiyatlari ancha yomonlashishi to’g’risida xulosa qilish mumkin. Shuning uchun quritish xarakteristikasi xozirgi zamon talabiga javob beradigan quritgichlarni yaratish lozim. Bu talablarga javob beradigan quritgich deb havo favvorasiga asoslangan usulni tanladik. Chunki bu usulda paxta quritilganda paxtaning quritish tezligi juda katta bo’lishiga qaramasdan paxta tolasining xarakteristikasi xozirgi zamon talablariga jovob beradi. Bu usulda paxta quritilganda paxtaning oqlilik darajasi ortadi, tolaning uzilishga mustahkamligi saqlanib qoladi, paxtaning tabiiy xususiyatlardan tashqari ancha tejamli hamdir. Chunki quritish xarorati 100°C dan oshmaydi, energiya kam sarf qilinadi, yong’in chiqish extimolligi yo’q.

Qurituvchi agentning shunchalik past xaroratda katta quritish tezligiga erishilishiga sabab, qurutuvchi agent tezlik gradientining kattaligidir. Bunday katta tezlik gradientini faqat havo favoralarida erishish mumkun.

Tolani quritish jarayonida uning sifatini saqlab qolish respublikamiz uchun juda katta samaradorlik olib keladi.

Paxta quritishni xar xil yo`llarini tadqiq qilib, eng yaxshi usul deb paxtani favvora usulida quritish degan xulosaga kelindi, chunki bu usulda paxta quritilganda katta xarorat talab qilinmaydi. Bunda xarorat 100°C dan oshmaydi va paxtaning qurish tezligi esa juda yuqori bo’ladi. Qurilmaning sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Bunda 1- vintelyatordan kelayotgan havo, 2- kalorefer yordamida isitiladi va 3- setkadan o’tib , 4- quritish apparatida favvora xosil qiladi. Jarayon 5- oyna orqali kuzatilib turiladi.



2.1 -grafik.

Favvorada quritilgan va barabanda quritilgan namunalarning oqlilik darajasini o`lchash uchun fotometrdan foydalandik. Olingan natijalar 1-grafikda keltirilgan. 1-grafikda tasvirlangan natijalar shuni ko’rsatdiki, barabanli quritgichda quritilgan paxtaning yorug’lik qaytaruvchanligi kichik, bunga tolaning qisman sarg’ayganligi sabab bo’lgan. Favvorada quritilgan paxta tolasi oqliligi yuqori, bunga quritish agentining xarorati pastligi sabab bo’lgan.

Bundan tashkari quritish jarayonida paxta favvoradagi harakati jarayonida mayda barglar va changdan tozalanadi.



Y

uqorida ko’rsatilgan xolatlar paxta tolasining klassini yaxshilanishiga va narxining ortishiga sabab bo’ladi.
2.3 -rasm. Paxtani havo favvorasida quritish uskunasini sxemasi 1 - korpus; 2 - kalorifer; 3 - ventilyator; 4 - nam paxta bunkeri; 5 - konveyer; 6 - kuzatuvchi oyna; 7 - tur (setka).





2.4 -rasm.

Paxtani havo favvorasida quritish uskunasini sxemasi 1 - ventilyator; 2 - kalorifer; 3 — yo’naltirgich-taqsimlagich; 4 — konveyer-setka; 5 — nam paxta; 6 — quritish kamerasi; 7 — kuzatuvchi oyna; 8 —quvur; 9 — suv purkovchi sistema; 10 — suvli idish; 11— to’siq; 2 — chang o’tiruvchi suv; 14 - qurigan paxta.



Download 2.43 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Download 2.43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik texnalogiya instituti

Download 2.43 Mb.