Namangan muhandislik texnalogiya instituti




Download 2,43 Mb.
bet18/21
Sana26.05.2021
Hajmi2,43 Mb.
#14606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
IV-Mehnat muxofazasi

Quritish shitlarida yong’in xavfsizligi

Bu usul qullanilganda zavod sexlari zavod teritoriyasi va atrov muxit tozaligi saqlanib qoladi. Zavodning ekologik xolati talabga javob beradi.

Paxtani quritish sexida xozirgi kunda barabanli quritgichlar joylashgan bo’lib paxtani quritish jarayonida xar xil chiqindi. Ular quyidagilardan iborat:


  1. Yirik chiqindilar (tosh, metal buyumlari).

  2. Paxta chiqindilari (chonoklar, shoxlar, barglar).

  3. Chang (tuprok changi, mayda tolalar kimyoviy elementlar).

  4. Quritish uskunasidan foydalanganda xavfsizlik texnikasi va paxta

zavodlari va tayyorlov punktlari uchun amal qilayotgan ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etish kerak. Foydalanishda band bo’lgan va quritish uskunasi bo’limiga yangi kelgan barcha ishchilar xavfsizlik texnikasi bo’yicha, albatta yo’l-yo’rik olishlari zarur.

Tayyorlov punktlarining mudirlari, boshliklar, smena ustalari ishchilarning sozlangan uskunalarda, maxsus ish qiyimida ishlashlarini va xavfsizlik texnikasi yo’riqnomasi shartlarining bajarilishini kuzatib borishlari shart.

Paxtani quritish uskunalarida ishlashga 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar qo`yilmaydi. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish texnikasi bo’yicha yo’riqnomalar ish joylari yonida oyna tagidagi romlarda va yaxshi
yoritilgan joyga osib quyilishi kerak.

Quritish uskunasining massasini sim bilan yerga ulanmay ishlatilishi man qilinadi. Quritish barabanining quyidagi qismlari yerga ulanishi kerak:



  • elektr dvigatellari va tok ulagachlarining korpuslari;

  • baraban quritgichi ta’minlagichining romi;

  • barabanning orqa tayanchi.

Quritgichlar va issiqlik ishlab chiqargichlarining xarakatlantirish

tasmalari, birlashtiruvchi muftalari, hamma aylanadigan detallari va

qismlari mahkam biriktirilgan to’siqlarga ega bo’lishi kerak.

Issiqlik ishlab chiqargichlarining tutunsurgich yo’naltiruvchi apparati, shiberlar, purkagich, gorelkalar nosoz bo’lganda, shuningdek, o’t yokish xonasida yorug’lik bo’lmaganda yoki sust yoritilganda ishlatish man qilinadi.

Issiqlik ishlab chiqargichlarini ishga tushirishdan oldin o’t yoqish binosini shamollatish va unda gaz hidi, suyuq yoqilg’i bug’lari yo’qligiga shuningdek, gaz hamda yonilg’i quvurlarining hosil qilish kerak.

Issiqlik ishlab chiqargichining barcha elementlari va qismlari hamda yordamchi uskunalar issiqlik o’tkazmaydigan material bilan qoplangan bo’lishi, qoplamalar yuzasining harorati 45°C dan oshmasligi kerak.



Quritgichni ishga tushirishdan oldin, baraban ichida va shaxta poydevorida odamlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Quritgichni faqat sex ustasi ishga tushiradi yoki ishga tushirish haqida farmoyish beradi.

Baraban ichida ishlaganda (profilaktika, ta’mirlash) yoritish uchun faqat past kuchlanishli chiroqlardan foydalanish mumkin (max. 36B).



Quriggich ishlagan vaqtda qul yoki boshqa begona buyumlarni eshik yoki lyuklar orqali quritish kameralariga kiritish man qilinadi.

Quritgichlarning nosoz narvonlari, maydonchalari va ularga quyilgan panjaralari bilan ishlashi man qilinadi.

Qat’iy bajarilishi shart bo’lgan yong’indan saqlashning asosiy qoidalari va tadbirlari quyidagilardan iborat:

Suyuq yonilg’ida ishlaydigan issiqlik ishlab chiqargichlari ishlayotganda:

  • sarf sig’imlari yopiq bo’lishi va olovdan to’silgan «nafas olish» naychasi bilan jixozlanishi kerak;

  • yonilg’i quvurlari sarflash baklaridan nishab qilib tortilgan bo’lishi kerak;

  • yonilg’i kelish quvurlarida kamida ikkita berkitgich o’rnatilishi kerak — biri purkagich yonida, boshqasi sarflash sig’imi yonida;

- yonilg’i nasosi berkitish klapani bilan bog’langan bo’lishi va u ishlaganda nasos ishi to’xtashi kerak. Issiqlik ishlab chiqargichlari gazsimon yonilg’da ishlaganda:

  • gaz quvurlari tomdan 1 m yuqori ko’tarilgan shamollatish va xavfsizlik shamlari bilan jixozlanishi kerak;

  • gazi chiqib turgan quvurdan foydalanish man qilinadi.

  • gaz chiqishini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanish man qilindi. Gaz chiqishini aniqlash sovun eritmasi yordamida
    bajarilishi kerak.

Ham suyuq, ham gazsimon yonilg’ida ishlaydigan issiqlik ishlab chiqargichlari alanga uzilgan va uchgan vaqtda hamda ventilyator to’xtab qolganda yoqilg’i kelishini tuxtatuvchi avtomat bilan ta’minlanishi kerak.

Quritish agentini keltirish quvurlarida, quritish kameralari yonida xarorat datchiklari o’rnatilgan bo’lishn lozim. Ular tovush yoki nur yordamida signal berish asboblari bilan bog’langan bo’lib, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga quritish agentining xarorati ruxsat etilgan miqdordan oshgani xususida xabar beradi.

Quritgichlarda paxta yonishining oldini olish maqsadida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:

  • optimal tartibdan yuqori xaroratda bo’lgan quritish agentini
    ishlatish;

  • barabanga moy tekkan paxtaning, og’ir buyumlarning (toshlar, metall
    buyumlar va xokazolarning) tushishi;

  • paxta kelishi, hatto qisqa muddatli uzilganda yoki quritgich
    tuxtaganda quritgichga quritish agentini uzatish;

  • quritish kamera va ta’minlagich qurilmasi ichida tolali
    chigitlarning osilib qolishi va uzok vaqt «yangi» quritish agenti
    ta’siri ostida bo’lishi;

  • quritgichning xarakatdagi qismlarini xarakatsiz qismlarga
    ishqalanishi va urilishi;

  • taminlagich qurilmasida paxtaning to’lib qolishi.

Paxtani quritishda yong’in chiqishining olish uchun quyidagi tadbirlarni bajarish kerak:

  • quritish agentining quritgichga kirishida xaroratini muntazam
    nazorat kilish va 280°C dan oshishiga yo’l qo’ymaslik;

  • barabanlarning ichki qurilmasini osilib qolgan paxtaning tolali
    chigitlari va og’ir aralashmalardan muntazam tozalab turish;

- ish joylarini iflosligi va tolali changdan doim tozalab turish;

  • xaftada kamida bir marta tashqi va ichki elektr tarmoqlarini
    toksizlantirib tozalash, shuningdek, paxta quritgichlarining
    tortish shaxtalarini tolali changdan tozalash kerak.
    Quritgichda yong’in chiqqan taqdirda darxol to’tayotgan paxta

uchirilishi va xavfsiz joyga o’tkazilishi kerak.

Quritgichda ishni boshlashga quritish kamerasi, ta’minlagich qurilmasi sinchiklab ko’rib chiqilib, yong’in sabablari bartaraf etilgandan keyingina yo’l qo’yiladi.

Quritish-tozalash va tozalash sexlarida quyidagilar taqiqlanadi:

  • ochiq olovdan foydalanish, korxonaning yong’in xavfsizligi vakili
    yo’qligida avtogen va elektr payvandlash ishlarini o’tkazish;

  • uskuna yoniga moy tomgan latta-po’ttalarni tashlash (hamma artish
    materiallari smenada kamida bir marta tozalanishi lozim bo’lgan
    maxsus qutilarda saqlanishi kerak);

- yonilg’i va tez o’t oladigan moddalarni saqlash;

  • yong’inga qarshi uskuna va asboblardan noto’g’ri maqsadda
    foydalanish.


Download 2,43 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 2,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik texnalogiya instituti

Download 2,43 Mb.