• Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan yonishlarning sabablari
  • Yong’in xavfsizligini ta’minlash




    Download 2,43 Mb.
    bet19/21
    Sana26.05.2021
    Hajmi2,43 Mb.
    #14606
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Yong’in xavfsizligini ta’minlash

    Yong’in — bu mumkin bo’lmagan joyda nazoratsiz o’t chiqishi va moddiy zarar keltirilishi yoki boshqacha aytganda, vaqt hamda xudud bo’yicha tarqaluvchi nazoratsiz yonish jarayoni yong’in deb ataladi. Moddadan o’t chiqishi va yonishi uchun quyidagilar bajarilishi shart: yonuvchan moddaning bo’lishi, oksidlovchining (havo-kislorod) bo’lishi, yondirish (o’t oldirish) manba’sining bo’lishi. Bu yong’in sodir bo’lishining klassik uchburchagidir.


    Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan yonishlarning sabablari

    Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan yong’inlarning sabablarini ikki guruxga bo’lish mumkin:

    Ishlab chiqarishdagi texnologiya jarayonidan alangalanish manbalarini bartaraf etish mumkin emas, lekin yonuvchan yoki portlash xavfi bor materiallarning to’planishiga yo’l quyilgan. Masalan, elektr bilan payvandlashda yondirish manba’si bo’lmish, xarorati 3000 daraja bo’lgan elektr yoyisiz ishlash mumkin emas, lekin bu joyda yong’in sodir bo’lsa, demak yonuvchan yoki portlash xavfi bor moddalarning to’planishiga yo’l quyilgan bo’ladi.

    Paxta tozalash sanoati korxonalari uchun umumiy bo’lgan yong’in chiqish sabablarini kuyidagicha guruxlash mumkin:

    1)paxta xom ashyosini qayta ishlash texnologik reglamentiga rioya qimaslik;

    2) paxta xom ashyosini qabul qilish, paxta va tayyor maxsulotlarining saqlanishi qoidalariga rioya etmaslik;

    3) texnologik jarayondagi aspiratsiya tizimlari va atmosferaga chiqarilayotgan havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlatilishi;

    4) ishlab chiqarish sexlari, korxona va tayyorlov maskanlari xududlarining changdan doimiy tozalanishining qoniqarli tashkillashtirilmaganligi;

    5) elekgri uskunalarni o’rnatish va ishlatish talablariga rioya etilmaganlik;

    6) ishlab chiqarish sexlari, tayyorlov maskani va korxona xududida olovli ishlarni bajarish qoidalariga rioya etilmaganlik;

    7) yong’inni uchirish va yong’indan xabar qiluvchi (signalizatsiya) vositalarning texnik holati yomon bo’lishi;

    8) korxona va tayyorlov maskani ishlovchilarining hamda barcha ko’ngilli o’t o’chirish guruxi a’zolarining o’t o’chirishga qoniqarsiz tayyorlanganligi.




    Download 2,43 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 2,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong’in xavfsizligini ta’minlash

    Download 2,43 Mb.