Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologiya fakulteti fizika kafedrasi




Download 13,76 Mb.
bet2/17
Sana03.04.2021
Hajmi13,76 Mb.
#14018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

MUNDARIJA


Kirish 4

Tenglamalarni chiziqlаntirish. 8

1.ABS elementlarining dinamik xossalarini tavsiflash. 9

2.ABS ning matematik modeli (MM) - differensial tenglama (DT)ning standart shakli. 11

3.Chiziqli differensial tenglamalar (ChDT) ni yechish usullari 13

4.Laplas almashtirishlari. 14

5.Tenglamalarni chiziqlantirish 18

6.Differentsial tenglamalarni chiziqlantirish 21

7.Asosiy modellar 26

8.ABSlardagijarayonlarnio’rganishusuli. 27

9.Dinamiksistematushunchasi. 27

10..Iqtisodiy bo’lim 33

11.Mehnat muhofazasi 40

Adabiyotlar ro’yxati 55






Kirish


Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Zero, Strategiyada barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar o‘z ifodasini topgan.   

Aytish o‘rinliki, Harakatlar strategiyasida aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish shu bilan birga yoshlar orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olingan.

Xususan, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish quyidagi bandlarda ko’rsatib berilgan:


  • jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

  • yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

  • yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Harakatlar strategiyasi maqsadlari mamlakatning kelajak taraqqiyotini belgilab beradi. Ayniqsa,  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e’tibor qaratilayotgani, ta’lim sifatini oshirishga urg‘u berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlash asosiy maqsad sifatida belgilan. Bu barqaror rivojlanish maqsadlarining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda, inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili sanaladi. Ayniqsa, mazkur hujjatda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan[1, 2]. 

Bugungi kunda dunyo bozorida raqobat shu darajada shafqatsiz tus olmoqdaki, unda mustahkam o’rin egallash oson emas. Mayli, eng yuksak texnologiyani yurtimizga olib kelib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqardik ham deylik. Lekin ularni ertaga qaerda sotamiz? Jahon bozorida bizni hech kim, keling, marhamat, deb kutib olmaydi. Bu bozor to’liq bo’lib olingan, unda bo’sh joyning o’zi yo’q. Ammo biz bu bozorda o’zimizga xos va o’zimizga mos o’rin egallab, shuning hisobidan mahsulot sotib, valyuta ishlashimiz zarur. Biz bunga qanday erishishimiz mumkin? Qachonki mahsulotimizga talab katta va u yuqori sifati bilan boshqalardan ustun bo’lsagina jahon bozorida o’z o’rnimizni topishimiz mumkin. Sifatli mahsulot chiqarish uchun esa eng zamonaviy texnologiyalar kerak[3].Hozirgi kunlarda mamlakatimizdagi ishlab chiqarish zamonaviy texnologiyalarni amalga oshiruvchi yangi avtomatik mashinalar va apparatlar qo’llanilishi natjasida jadallik bilan rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishda inson ishtiroki kamayib, uni o’rniga avtomatlashtirilgan texnologiyalar keng foydalanilmoqda, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish orqali amalga oshirilmoqda[4, 5, 6].

Ma’lumki, avtomatlshtirish loyihalarida avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) ning algoritmli strukturali sxemalari (ASS) keltirilishi kerak[7, 8, 9, 10, 11]. ASS esa ABS ning matematik modeli (MM) asosida yaratiladi va uni avtomatlashtirish ob’ektining dinamik va statik xossalarini tavsiflovchi differentsial tenglama (DT) lar ko’rinishida loyihalash topshirig’i tarkibida bo’lishini buyurtmachidan talab etiladi.

Agar avtomatlashtirish ob’ektining dinamik va statik xossalarining matematik tavsifi noma’lum bo’lsa, bu esa, ta’kidlash joizki, amalda ko’p kuzatiladi, buyurtmachi tomonidan loyihalash topshirig’i tarkibida avtomatlashtirish ob’ektiningsifat ko’rsatkichlari haqida ma’lumotlar berilishi zarur[12]. Shuni e’tiborga olib ushbu BMI da avtomatik boshqarish sistemasining sifat ko’rsatkichlari o’rganilgan.




Download 13,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 13,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologiya fakulteti fizika kafedrasi

Download 13,76 Mb.