|
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 4/17 | Sana | 16.06.2021 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #15075 |
Mavzuning dolzarbligi bugungi kunda jahon miqyosida past navli past fosforitlarni boyitishning yangi usullarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda nitrat kuslotasi va organik erituvchilardan foydalanib yuqori sifatli fosforitkontsentrati olish texnologiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-son «2015–2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 yanvardagi 8-son «Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv malakaviy ish muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |