Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy ahamiyati 4 komponentli Ca(NO3)2 - NH4NO3 - C2H5OH - H2O sistemasining eruvchanlik diagrammasini qo’llash orqali MQ fosforitlaridan karbonatlarni nitrat kislotasi bilan etil spirti ishtirokida ajratib olish texnologiyasi; Ca(NO3)2 ning spirtli suspenziyasidan spirtni regeneratsiya qilish; Ca(NO3)2 ning konsentrlangan eritmasining fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish va undan suyuq va qattiq o’g’itlar olish; Ca(NO3)2 ni NH4NO3 va CaCO3 ga konversiyasining maqbul sharoitlarini topish; kimyoviy boyitilgan fosfokonsentrat asosida EFK, PK va NPK o’g’itlar olishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, fosfat xom ashyosidan karbonatlarni nitrat kislotasi bilan etil spirti ishtirokida ajratib olish, ushbu xom ashyoni fosfor kislotasiga qayta ishlashda sulfat kislota sarfini keskin kamaytirishga imkon beradi. Nitrat kislotali boyitishning qo’shimcha mahsuloti sifatida ayniqsa sho’rlangan tuproqlarda paxta ekiniga juda zarur bo’lgan ishqoriy fiziologik o’g’it – kalsiy nitrat eritmasi olinadi.
1.2. Maraziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotasi yordamida parchalash va hosil bo’lgan nitrakalsiyfosfat bo’tqasidan kalsiy va ammoniy nitratlarni etil spirti yordamida ekstraktsiya qilish usuli.
Ilmiy-texnik adabiyotlarda Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini flotatsion va kimyoviy boyitish bo’yicha ma’lumotlar manbai mavjud (Nabiev M.N., Boyko V.S., Karmishov V.F., Amirova A.M., Madalieva S.X., Pyagay A.G., Namazov Sh.S., Beglov B.M.), lekin Qizilqum fosforitlari yuqori karbonatlanganligi bilan bir qatorda undagi fosfat minerali kalsit bilan o’zaro jips joylashgan, shu sababdan ularni flotatsiya yordamida boyitish bo’yicha urinishlar ijobiy natijalarga olib kelmagan.
Fosforitlardan karbonatlarni ajratib olish uchun 57,87% li HNO3 va 96% li texnik etil spirtidan foydalanildi. Boyitish uchun har xil navdagi (uchta navdagi oddiy fosforit uni – OFU va QFK da YuKFK ishlab chiqarishi chiqindisi – minerallashgan massa, MM) MQ fosforitlari olindi. Ularning tavsifi 2-jadvalda keltirilgan.
HNO3 ning me’yori fosfat xomashyodagi (FX) СaO ni parchalashga nisbatan olindi. Fosfat xomashyosining asosiy minerallari ftorkarbonatapatit va kalsiy karbonati hisoblanadi. Ularga nitrat kislota bilan ishlov berishda quyidagi reaktsiyalar ketadi:
|