1.2.1. Kalsiy nitrati, ammoniy nitratlari va etil spirtini suvda eruvchanligi. Yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotasi yordamida qayta ishlanganda sumalaksimon nitrokalsiyfosfat bo’tqasi tarkibida ammoniy va kalsiy nitratlari ham bo’ladi. Hosil bo’lgan ammoniy va kalsiy nitratlarini organik erituvchilar yordamida ajratib olishni asoslash uchun to’rtkomponentli sistema Ca(NO3)2 - NH4NO3 - C2H5OH - H2O, hamda uchta uchlik: Ca(NO3)2 - C2H5OH - H2O; NH4NO3 - C2H5OH - H2O; Ca(NO3)2 - NH4NO3 - H2O va uchta binar sistemalar Ca(NO3)2 - H2O; NH4NO3 - H2O i C2H5OH - H2O orqali o’rganildi.
Ushbu ammoniy nitrati va kalsiy nitratlar etil spirti ishtirokida vizual-politermik usulda NH4NO3 - C2H5OH - H2O va Ca(NO3)2 - C2H5OH - H2O eruvchanligi adabiyotda keltirilmagan.
Ushbu o’rganilgan uchlik sistemada Ca(NO3)2 - NH4NO3 - H2O [10] 12 ta tashqi bo’lim, hamda I-VIII bo’limlarida nitrata ammoniya, IX-XII - bo’limlarida suv bo’ladi. Bunda harorat oralig’i 65°C dan oshmagan. Kristallanish chegarasida, ammoniy nitrati, Ca(NO3)2·4H2O va Ca(NO3)2·3H2O lar bo’ladi. Namunada ikkita nuqtasi va tarkibi ko’rsatilgan:
№
|
NH4NO3
mass. %
|
Ca(NO3)2
mass. %
|
H2O
mass. %
|
t,
°C
|
Fazalar tarkibi
|
1
|
15
|
37,5
|
47,5
|
-35
|
NH4NO3 + Ca(NO3)2·4H2O + muz
|
2
|
43,3
|
41,6
|
15
|
+38
|
NH4NO3 + Ca(NO3)2·3H2O + Ca(NO3)2·4H2O
|
Uchburchakli diagrammaning birlashtiruvchi chiziqlari quyidagi haroratlarda o’rganilgan: -20, -15, -10, -5, 0, 10, 20, 30, 40 va 70°C.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarishda tadqiqot ishlarni olib borishimiz uchun quyidagi reaktiv va jixozlar kerak bo’ladi. Birichi o’rinda suyuq ammiak, toza ammoniy va kalsiy nitrat tuzlari, 96% li etil spirti, distillangan suv, probirka, alyuminli meshalka, -80 dan +100°C gachalik haroratni ko’rsatishga ega bo’lgan termometr va termoz kerak bo’ladi. Ushbu ishni o’rganishdan asosiy maqsadimiz past navli fosforit uni nitrat kislotali boyitilganda ammoniynitrokalsiyfosfat bo’tqasi hosil bo’ladi. Bu bo’tqaning tarkibidan etil spirti yordamida ekstraktsiya usulidan foydalanib ammoniy va kalsiy nitratlarini ajratib olishdan iborat. Toza ammoniy va kalsiy nitrat tuzlarining olishimizdan maqsad. O’tkazilgan tadqiqot ishimizda yangi tarkibli kimyoviy birikmalar hosil bo’lishi yoki bo’lmasligini ko’rishdan iborat.
Ushbu o’tkazilgan [11] tadqiqot natijalarida o’zgarmas bosim ostida Ca(NO3)2 - NH4NO3 - H2O tuzlarning eruvchanligi o’rganilgan. O’zgarmas bosim ostida olib borilganda ushbu eruvchanlikni eng kam egri chiziqlari namayon bo’ldi. Ushbu eruvchanlikda kalsiy nitratni va ammoniy nitratlari ikki oblastda bo’lish imkonini berdi. Tuzlarning eruvchanligi suv 15-29% bo’lganda kalsiy nitrati 71,70 dan 48,64% gacha, hamda suv ~ 12% bo’lganda esa 48,64 dan 61,06% gacha bo’ladi. Ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, bir jinsli yuqori konsentratsiyali ammoniy nitrati va kalsiy nitratlarini qayta ishlash va qattiq o’g’itlarga aylantirish mumkinligini aytish mumkin.
Ushbu ishda [12] 0, 20, 30 va 40°C haroratlarda uch xil zichlikka ega bo’lgan ammoniy nitrat - kalsiy nitrat - suv tarkibi berilgan. Aralash tarkibli sistemani kimyoviy yo’l bilan zichlik va haroratga bog’liqligi o’rganilgan.
Ushbu ma’lumotda ikki komponentli NH4NO3 – suv sistema [13], bir-birida yaxshi erishligini aytishimiz mumkin. Eruvchanlik diagrammasida ikki komponentli C2H5OH - H2O sistemani kristallanishi 47,5% bo’lganda etil spirti -39C ni tashkil qiladi. C2H5OH·2H2O kristallarning shoxlanishi, hamda C2H5OH·H2O kristalini o’sishi 67,0% C2H5OH va 33,0% H2O harorat -56C bo’lganda boshlanadi.
|