4-rasm. Ca(NO3)2 – NH4NO3 – C2H5OH – H2O to’rt komponentli sistema 40 va 70°C haroratlaridagi eruvchanligi.
5-rasm. Tuzlarni kristallanish joylari.
a) - S - (Ca(NO3)2) tuzini kristalga tushgan joyi;
b) - A - (NH4NO3) tuzini kristalga tushgan joyi;
v) - S - (Ca(NO3)2) va A - (NH4NO3) tuzini kristalga tushgan joyi;
g) - ammoniy va kalsiy nitratlarini to’yinmagan suvni spirtli eritmasidagi joyi.
Ushbu tasvirida eruvchanlik sistema politermik va izotermik usulidan foydalanilgan: Ca(NO3)2 – C2H5OH – H2O, NH4NO3 – C2H5OH – H2O. 5-jadvaldan to’rt komponentli Ca(NO3)2-NH4NO3-C2H5OH-H2O sistema 40 va 70°C haroratlarda izotermik eruvchanligida ikkitalik evtetik nuqtalar keltirilgan. To’rtkomponentli sitema tetraedr ko’rinishida tasvirlangan. Ammoniy va kalsiy nitratlarning kristallari kristallanish chegarasida kristall va to’yinmagan eritmalarni hosil qiladi.
Tetraedr ko’rinishdagi ushbu to’rtkomponetli sistemada Ca(NO3)2-NH4NO3-H2O va uchkomponenti organik erituvchi – etil spirti bilan Ca(NO3)2-NH4NO3-C2H5OH; Ca(NO3)2-C2H5OH-H2O; NH4NO3-C2H5OH-H2O tashkil topgan (4-rasm).
Kalsiy nitratni kristallanish chegarasi 1, 3, 7, 5 - S (rasm. 5-a), ammoniy nitratni kristallanish chegarasi 2, 3, 7, 6 - A (rasm. 5-b), ammoniy va kalsiy nitratlar suvni spirtli eritmasida tetraedr VK o’rtasida hamda KV - 1, 3, 7, 5; 2, 3, 7, 6 tetraedr yuzasida bir jinsli chegaralar hosil qildi. KV- 1, 3, 2, 6, 7, 5 joylarda yuqori darajada to’yingan va to’yinmagan eritma tarkiblarni hosil bo’lishligini ko’rishimiz [14] mumkin (rasm. 5-g).
Piramidalar yuzasidagi 1, 3, 7, 5 - A figurativ nuqtalar geometrik bo’lib joylashgan to’yingan eritmasi hamda S - (Ca(NO3)2) ni qattiq tuzi muvozanat xolatida ekaligini ko’rishimiz mumkin. Ikkita qattiq tuzlar S - (Ca(NO3)2) va A - (NH4NO3) nuqta 7 hamda chiziqdar 7, 3 to’rtkomponentli sistemasini izotermik usulida muvozanat xolatida ekaligini ko’rishimiz mumkin (rasm. 5-v) [14]. Shunday qilib, ammoniy va kalsiy nitratlarini to’rtkomponentli sistemasi etil spirti yordamida suvli tuzlarini eruvchanligi bo’lib-bo’lib o’rganilgan. Ushbu Ca(NO3)2 - NH4NO3 - C2H5OH - H2O sistemani 40 va 70°C harorat hamda konsetratsiyalar oralig’ida o’rganganimizda yangi tarkibli kimyoviy brikmalar hosil bo’lmagan. Kristallanishning maydonida tuzlarnig umumiy maydoni (70°C da) 30% ni va (40°C da) 50% ni tashkil etdi. Kalsiy nitrati kristallanish maydonida ammoniy nitratga qaraganda 1,5-2 marotaba ko’p.
Ishining asosiy maqsadi, nitratnoammoniyfosforli bo’tqadan ammoniy va kalsiy nitratlarini etil spirti yordamida ekstraktsiyalash texnologik jarayonidan foydalangan holda va etil spirtini regeneratsiya qilish hamda ekstraklarni kristallga tushirib ammoniy va kalsiy nitratlarini ajratib olishdan iborat.
|