2-jadval
Dastlabki xomashyo tavsifi
Namuna raqami
|
Xom ashyo
turi
|
Komponentlar miqdori, og’ir.%
|
Р2O5o’zl. : Р2O5umum.
lim. k-tasi bo’yicha, %
|
СaO : Р2O5
|
Р2O5umum.
|
СaOumum.
|
СO2
|
1
|
OFU
|
16,60
|
47,13
|
17,23
|
10,20
|
2,84
|
2
|
OFU
|
17,52
|
47,53
|
15,23
|
17,68
|
2,71
|
3
|
OFU
|
18,70
|
47,80
|
15,30
|
18,49
|
2,56
|
4
|
MM
|
15,06
|
44,27
|
14,11
|
9,10
|
2,94
|
CaCO3 + 2HNO3 Ca(NO3)2 + H2O + CO2↑
Ca5F(PO4)3 + 10HNO3 3H3PO4 + 5Ca(NO3)2 + HF↑
Agarda nitrat kislota miqdori stexiometriyadan kam bo’lsa, unda quyidagi reaktsiya sodir bo’ladi:
2Ca5F(PO4)3 + 14HNO3 3Сa(H2PO4)2 + 7Ca(NO3)2 + 2HF↑
Nitrat kislotasining to’liqsiz me’yorida esa monokaltsiyfosfat va kalsiy nitrat hosil bo’ladi. Uch xil OFU va MM ga nitrat kislotasining to’liqsiz me’yorida ya’ni nitrat kislotasini me’yoriga nisbatan fosforitlarni etanolga og’irlik nisbatlariga bog’liq xolda boyitish jarayoni o’rganildi. Tadqiqotimizni dastlabki bosqichida har xil fosforitlar nitrat kislotasining har xil me’yorida karbonatsizlanish jarayoni o’rganildi. Olingan natijalardan shuni aytish mumkinki, kislota me’yori qancha yuqori bo’lsa, foskonsentratda CO2 miqdori shuncha kam va karbonatsizlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Masalan: tarkibida 17,52% P2O5 tutgan OFU ni nitrat kislotasi me’yori - 32, 36, 40, 44 va 48% va FX : ES = 1 : 5 nisbatda olinganda xom ashyoning karbonatsizlanish darajasi 74,2; 77,02; 82,5; 86,6 va 94,4% bo’ldi. Bu qonuniyat boshqa turli fosforitlarning karbonatsizlanish jarayonida ham kuzatildi (1-rasm).
Fosforitlarni nitrat kislotasi bilan o’zaro ta’siri natijasida nitrokalsiyfosfat bo’tqasi hosil bo’ladi. Bo’tqa tarkibida kalsiy nitrat, monokalsiyfosfat, faolloshgan fosforit va parchalanmay qolgan fosforitlar bo’ladi. Nitrokalsiyfosfatli bo’tqani FX : ES nisbati 1 : 3 dan 1 : 10 gacha bo’lgan oraliqda etil spirti bilan suyultirildi va hosil bo’lgan nitrokalsiyfosfat spirtli eritmani filtrlandi. Nam kontsentrat tarkibida qolgan kalsiy nitratni FX : ES = 1 : 2 nisbatida spirt bilan yuvildi. Olingan nam fosfokonsentrat na’munalari 100°C haroratda quritildi.
Suyuq fazaga P2O5 yo’qolishini bartaraf qilish maqsadida nitrokalsiyfosfat-spirtli suspenziyani (NFSS) suyuq va qattiq fazalarga ajratishdan oldin uni pH = 3 gacha NH3 bilan ammoniylashtirish
|