TEXNOLOGIK BO’LIM
1.1. Xomashyo va materiallar tasnifi
Fosfor – tabiatda keng tarqalgan elementdir. Uning yer qobig’idagi miqdori og’irlik bo’yicha 0,08-0,12% ni yoki yer qobig’idagi atomlarning umumiy soni bo’yicha ~0,07% ni tashkil qiladi.
Elementar fosfor va uning oksidlari yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo’lganligi sababli u yer qobig’ida kimyoviy barqaror, suvda va tuproq eritmalarida erimaydigan minerallar shaklida bo’ladi. Bu minerallar tarqoq va ba’zan esa yirik to’planishlar tarzida uchraydi [1,2].
Priyanishnikov ma’lumotlariga ko’ra, 20 sm chuqurlikkacha 1 ga tuproqdagi fosforning zaxirasi 300 dan 6000 kg gachani tashkil etadi.
Fosfatli minerallar. Tabiatda 120 dan ortiq turdagi fosfatli minerallar uchraydi. Apatit guruhidagi minerallar, ulardan eng asosiysi – ftorapatit Ca5(PO4)3F eng keng tarqalgan va sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan mineral hisoblanadi (1 – jadval).
|