II.
|
Mehnat muhofazasi va atrof muxitni muhofaza qilish.......................
|
44
|
|
Xulosa......................................................................................................
|
49
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................................
|
51
|
|
Ilovalar………………………………………………………………..
|
54
|
KIRISH
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Bundagi vazifalardan biri o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar va bitiruv malakaviy ishlarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini teran aks ettirish hisoblanadi. Dunyoda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning asosiy omillaridan biri mineral o’g’itlardan ratsional foydalanish hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligini mineral o’g’itlar bilan optimal darajada ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Mustaqillikga erishgandan keyin mamlakatimizda kimyo sanoatini modernizatsiya qilish, texnik va texnologiyalarni yangilash, uni mustahkam xomashyo bazasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, jumladan, hukumatimiz tomonidan fosforit xom ashyosi zaxiralarini o’zlashtirishga doir qaror hamda mahalliy Jeroy-Sardara konini bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish dasturi qabul qilindi. Natijada yiliga 400 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan Qizilqum fosforit kompleksining ishga tushirilishi ushbu xomashyo importini qisqartirishga poydevor yaratgan bo’lsa, 2014 yilda uning bir yilda 716 ming tonnagacha fosforit kontsentratini tayyorlovchi ikkinchi navbati foydalanishga topshirilgach, mazkur mahsulotning xorijdan sotib olinishiga butunlay chek qo’yildi [1].
Fosfor, azot va kaliy o’simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O’simlik bu elementlarni tuproqdan oladi. Tuproqda bu moddalarning miqdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi va bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada o’g’itlanishi kerak. O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko’ra, mineral o’g’itlarsiz paxtadan 12 ts/ga xosil olish mumkinligi, hosildorlikni 30-35 ts/ga yetkazish uchun tuproqqa gektariga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ozuqa elementlari solish hamda to’g’ri agrotexnik qoidalariga amal qilinishi lozimligi aniqlangan.
D.I.Mendeelev davriy jadvalidagi 40 dan ortiq kimyoviy elementlar o’simliklarning normal holatida o’sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt va magniy o’simliklarning asosiy ozuqa moddalari tarkibiga kiradi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan hosildorlikni ko’tarishda qo’llaniladigan barcha mineral o’g’itlar ichida fosforli o’g’itlar yetakchi ro’l o’ynaydi. Fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabni qodirish fosfat xomashyolarini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida amalga oshiriladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib, qisqa muddatda maxalliy xomashyo manbalarini qayta ishlash orqali o’g’itlar olish muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan respublika qishloq xo’jaligining fosforli o’g’itlarga bo’lgan extiyojini ta’minlash maqsadida Qizilqum fosforit kombinati tashkil etildi. 1998 yil 29 maydan boshlab quvvati yiliga 300 ming tonna bo’lgan fosforit uni ishlab chiqarilmoqda. 2001 yil 21 avgustdan esa yiliga tarkibida 27-28% P2O5 bo’lgan 400 ming tonna termokontsentrat yuqori sifatli azot-fosforli murakkab o’g’it – ammofos ishlab chiqarish uchun yubormoqda.
Hozirgi paytda Respublikamizdagi «Maksam-Chirchiq» AJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, ammiak, nitrat kislota, kaliy sulfat va boshqalar, «Farg’onaazot» AJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, NPK, ammiak, nitrat kislota, va boshqalar, «Ammofos-Maksam » AJda ammofos, superfos va boshqalar, «Samarqandkimyo» AJda nitrofos va boshqalar, «Qo’qon superfosfat zavodi» AJda ammoniylashgan oddiy superfosfat, Navoiy «Elektrokimyosanoat» AJda oddiy superfosfat, «Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi» korxonasida kaliy xlorid mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida fosforit, toshko’mir, glaukonit, bentonit, gips va boshqa xomashyo zahiralari joylashgan. Guliob fosforitlarining 100% P2O5 xisobidagi zahirasi 551 mln tonnani tashkil etadi. U tarkibi jihatidan ma’lum fosforitlardan keskin farq qilib, unda 4-14% P2O5, oz miqdorda magniy, ftor, oltingugurt va mikroelementlari ham mavjuddir. Hozirgi kunda Guliob fosforiti va Qizilqum fosforit kombinatida tarkibida 12-16% va 16-19% P2O5 bo’lgan fosfat xomashyosini qayta ishlash orqali oddiy va murakkab o’g’itlar olishning samarador usullari bo’maganligi sababli mazkur fosforitlardan amalda foydalanish yo’lga qo’yilmagan.
Murakkab o’g’itlarga shunday kompleks (ya’ni bir necha ozuqa elementi bo’lgan) o’g’itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo’lishi kerak. Bunday o’g’itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo’lgan bitta tuz, masalan KNO3, (NH4)2HPO4 va boshqalar; tarkibiga ikkita (NP, NK, PK) yoki uchta (NPK) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortiq tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sul’fat kislotalarning ammiak; tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o’zaro ta’sirlashuvidan olinadi.
Bugungi kunda jahon miqyosida past navli fosforitlarni boyitishning yangi usullarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda nitrat kislotasi va organik erituvchilardan foydalanib yuqori sifatli fosforit kontsentrati olish texnologiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Past navli fosforitlarini organik eritmalar ishtirokida nitrat kislotali boyitish texnologiyasini ishlab chiqishda qator, jumladan, quyidagi yo’nalishlarda tegishli ilmiy yechimlarni asoslash zarur: fosfat xom ashyosini kimyoviy boyitishning samarali usullarini ishlab chiqish; yuqori karbonatli fosforitlarini nitrat kislotasi bilan boyitishda hosil bo’ladigan kalsiy nitratni organik erituvchilar yordamida ajratib olish jarayonini maqbul sharoitlarini aniqlash; kimyoviy boyitilgan sifatli fosfokontsentrat asosida fosforli o’g’itlar olish texnologiyalarini yaratish. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi ushbu yo’nalishlarda ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bilan izohlanadi.
|