Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

6.4 Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari 
Menejment (bosgqaruv) butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi 
jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman 
menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va 
qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin.


114 
Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, 
ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. 
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib 
olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni 
bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar 
tizimiga rahbarlik qilish;
- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, 
insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan 
bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir. 
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining 
qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir.
U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi 
salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo 
bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan 
mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi 
rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o’tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan 
boshqariladigan tizimga ta’sir o’tkazila boshlanadi.
 
Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy 
faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta 
ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - 
tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, 
faoliyatni nazorat qilish, majburlash va hokazolar kiradi. Boshqarish uchun faqat 
nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, 
tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig’indisidan 
rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi. 


115 
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish 
va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog’lashni 
ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, 
qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini 
tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur. 
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim 
bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman 
bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal 
aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot 
iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o’rtasida va h). 
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu 
boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni 
quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi), 
tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima 
qilinadi). 
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy 
muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish, mehnat jamoalari ijtimoiy 
talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa 
boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir. 
Shunday qilib, menejment jarayoni qo’yilgan masalaga erishish uchun 
boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat 
ko’rsatishidir. 
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, 
tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi 
rahbarning amaliy ishlarga o’tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq 
boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko’rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid 
harakatlar bajariladi. 
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar. 


116 
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig’ish, tahlil etish, 
axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, 
boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar. 
Tashkiliy 
ishlar 
quyidagilardan 
iborat: 
tushintirish, 
ishontirish, 
rag’batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va 
boshqalar. 
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni 
nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko’p holatlarda hayotimizda menejment 
jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik 
tomonlari o’zaro bog’lanmaydi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish