|
Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish
|
bet | 7/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 61,05 Kb. | | #235760 |
Bog'liq Jumanazarova.N A5-guruh kurs ishi-1Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish
Таʻlim, shu jumladan oliy taʻlim muassasalari taʻlim darajasi va sifati mamlakat taraqqiyoti – uning iqtisodiyoti, jahon hamjamiyatidagi oʻrnini, mazkur yurtda yashaydigan insonlarning turmush darajasi, ijtimoiy yutuqlarini belgilaydi. Mamlakatimizda boʻlganidek eng yaxshi deb hisoblagan taʻlim darajasi aholining ijtimoiy, huquqiy hayot darajasi, kommunikatsion savodliligi, taʻlim olishga qiziqishning yuqoriligi bilan belgilanadi. Taʻlim darajasi va sifati taʻlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchining shaxsiy sifatlari va kasbiy mahoratigagina emas, balki, aynan taʻlim tizimining asoslariga ham bogʻliq boʻladi. Taʻlimning rivojlanish yoʻli fanlar sonining va oʻrganiladigan
mavzularning ortishi hisobiga olinadigan bilimlar bilan kengayishi mumkin.
Fanlar sonini kengaytirish, talabalarga yuklamalarni koʻpaytirish bilangina
emas, balki oʻqituvchi-pedagoglarning oʻzlari taʻlim berayotgan fanlariga har
tomonlama va zamonaviy axborot texnologiyalariga tayangan holda saboq
berishlari uchun ularning malakalarini oshirib borish ham muhim omildir.
Taʻlimni rivojlantirishning — intensiv yoʻli, birinchidan, taʻlim metodini
oʻzgartirishni, qoʻshimcha bilim berish yoʻllarini izlashni talab etadi. Axborotlar
bilan mustaqil ishlashni bilish, topish, anglab yetish va nihoyat mavjud
axborotlar asosida yangi bilimlarni uygʻunlashtirishni bilish, mana shu oʻquv
jarayonini rivojlantirishning eng istiqbolli yoʻli boʻlishi mumkin.
Mana shunday yondashuvda taʻlim olish jarayoni markazining tayyor,
toʻgʻri maʻlumotlar olish va ularni yodlab olishdan axborotni izlash, qayta ishlab
chiqish va bir shakldan boshqa shaklga aylantirish koʻnikmalarini egallashga
yoʻnalish sodir boʻladi. Zamonaviy talabalarning bilim olish manbalarini
kuzatadigan boʻlsak, unda oʻqituvchi eng muhim manba boʻlib qolayotganligi
yaqqol koʻzga tashlanadi. Aynan ungagina muhim rol — oʻquvchiga aniq bir fan
boʻyicha bilim berish, klassifikatsiyalash, oʻzgartirish tizimini berish roli
yuklatiladi. Har bir fan boʻyicha mazmunli qadriyatli yoʻnalishlar tizimini
yaratish va oʻquvchiga yetkazish — oʻqituvchining eng asosiy funksiyasi
hisoblanadi va shunday boʻlib qolmoqda.
Agar darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarida maktab dasturi boʻyicha
tegishli minimum bilimlar jamlangan holda berilganligini va nazorat hamda
imtihon biletlari savollari bilan uzviy bogʻliqligini eʻtiborga oladigan boʻlsak,
unda talabalar darsliklar hamda qoʻllanmalar materiallariga tayanib, bilim
olishga intilganlar. Bilimlarini baholashda tortishuvlarda ular mana shunday
manbalarga asoslanishlari osonroq, mustaqil ifodalar, umumlashtirishlar va
shunga oʻxshash koʻp mehnat talab qiluvchi harakatlarga xojat boʻlmagan.
Keyingi vaqtda, shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish bilan
internet va maxsus oʻquv kompyuter dasturlari orqali bilim olish keng
|
| |