Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik




Download 61,05 Kb.
bet6/11
Sana15.05.2024
Hajmi61,05 Kb.
#235760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jumanazarova.N A5-guruh kurs ishi-1

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik
vositalar illustratsiyalar, animatsiyalar va video yaratish vositalari
Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qogʻozga qalam yoki
ruсhka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida siсhqonсha
yordamida rasm сhizish, yаʻni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish
imkonini yаratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar
hisoblanib, ular yordamida tasvirning elementlari boshqarib boriladi. Bunday
dasturlardan biri Adobe Illustratordir. Adobe Illustrator dasturi C++ tilida yozilgan boʻlib, uning birinchi
versiyasining ishlab chiqilishi 1985-yilda Picasso nomi bilan boshlangan. Adobe
kompaniyasi Creative Cloud tizimiga kirganidan soʻng Illustrator CC chiqarildi.
Oxirgi versiyasi Illustrator CC 2018.1 boʻlib, 2018-yil mart oyida chiqarilgan va
mahsulotning 22-avlodi hisoblanadi. Adobe Illustrator CC gacha chiqarilgan
versiyalar turli nomlar bilan atalgan. Adobe Illustratorning 1997-yildan keyingi
chiqarilgan versiyalari asosan Windows va MacOS platformalari uchun
chiqarilgan.6
Adobe Illustrator CC 2018 dasturi – professional darajadagi innovatsion
vektor grafik muharriri boʻlib, u asosan illyustratsiyalarni yaratishda, veb-sayt
tarkibiy qismida, mobil ilovalarda va videokliplarda qoʻllaniladi.
Adobe Illustrator Adobening boshqa ilovalari bilan aloqani qoʻllabquvvatlaydi. Adobe Illustratorning oxirgi versiyasida veb-sayt yaratishdagi turli
belgilar, naqshlar, logotiplar uchun CSS-kodni mustaqil shakllantiruvchi
utilitalariga ega. Gradientlar bilan bevosita obyekt ustida ishlasa ham boʻladi.
Elliptik gradientlarga oʻlchamlar, ranglarni toʻgʻrilash va shaffoflik
parametrlarini sozlash imkoniyati mavjud. 7
Bundan tashqari toʻr koʻrinishida joylashgan 100 tagacha montaj
sohalarini koʻrib chiqish va tartiblash ham mumkin. Istalgan vaqtda loyihani
ham kompyuter qattiq diskida, ham bulutli saqlash mumkin.
Adobe Illustrator dasturi yoqilganda zamonaviy foydalanuvchi interfeysi
chiqadi va tizim turli takliflar beradi.
2018-yilda PC Magazine kompyuter jurnali Adobe Illustratorni vektor
grafikasini tahrirlashning eng yaxshi dasturi deb atadi va ushbu dastur quyidagi
imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Illyustratsiyalarni chiqarish funksiyasi;
- Perspektivada chizish imkoniyati; - Matnni avtomatik tekislash imkoniyati;
- Asbob-uskunalar sozlanuvchan paneli;
- Pikselli toʻrning qoʻlda boshqarish imkoniyati;
- Kaskadli jadvallar va stillarni chiqarish;
- Tasvirlarni vektorli grafikaga oʻtkazish;
- Logotiplar uchun gradientlar yaratish imkoniyati;
- Mobil qurilmalarning sensorli ekrani yordamida loyihalar ustida
ishlash;
- Bir qancha montaj sohalarini ishlatish (alohida yoki birga).
Adobe Illustrator boshqa dasturlar kabi oʻziga xos xususiyatlarga,
afzallik va kamchiliklariga ega. Uning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Vektorli naqshlarni yaratish;
- Rastrli tasvirlarni ochish;
- Belgilarning tiniqligi bilan ishlash;
- Boshqaruv elementlarining intuitiv tushunarliligi;
- Konturlar va chiziqlarning yuqori tiniqligi;
- Adobening boshqa mahsulotlari bilan tor integratsiyasi;
- Murakkab figuralar va dinamik obyektlar yaratish;
- Katta va ogʻir fayllarni qayta ishlashga imkon beradi;
- Grafik formatlarning katta miqdorini qoʻllab-quvvatlaydi.
Adobe Illustrator dasturining kamchiliklariga esa quyidagilar kiradi:
- Litsenziyaning qimmatligi;
- Oʻrnatish vaqti uzoqligi;
- Vaqtincha ishlatish vaqti – 7 kun;
- Illustratorning yangi funksiyalari va keng imkoniyatlari faqatgina
toʻliq versiyada mavjud.
Ilovani birinchi bor ishga tushirganda “Uskunalar” paneli ekranning
chap tomonida joylashgan boʻladi. “Uskunalar” panelidagi uskunalar Illustrator
dasturida obyektlarni yaratish, ajratish va ular ustida amallar bajarish uchun
ishlatiladi. Baʻzi uskunalarning parametrlari mavjud boʻlib, ular uskunalar ustiga

Download 61,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 61,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik

Download 61,05 Kb.