|
Quyida pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan psixologik talablar keltirilgan
|
bet | 2/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 61,05 Kb. | | #235760 |
Bog'liq Jumanazarova.N A5-guruh kurs ishi-1Quyida pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan psixologik talablar keltirilgan:
1. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻquv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
2. Pedagogik dasturiy vositalardagi oʻquv materiali taʻlim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.
3. Pedagogik dasturiy vositalar obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Pedagogik dasturiy vositalarning tuzilmasi va mazmuni oʻquv materialini chuqur oʻrganishga moʻljallangan boʻlishi bilan bir vaqtda oʻrganilayotgan fanning oʻquv dasturiga mos kelishi kerak. Taʻlim tizimi uchun yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi umumiy talablarni ham qanoatlantirishi kerak:
- pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va tarkibi taʻlim standartining talablariga mos kelishi kerak;
- pedagogik dasturiy vositalar oʻzida muammoli va izlanish topshiriqlarining tizimi intellektual xarakterga ega boʻlishi kerak;
- pedagogik dasturiy vositalar oʻquv faoliyatining izlash, yigʻish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi koʻrinishlarni avtomatlashtirishni; hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni koʻzda tutishi kerak;
- pedagogik dasturiy vositalar murakkab obyektlar ( mashina, uskuna, apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida namoyish etish vositalarini tarkibida saqlashi kerak;
- pedagogik dasturiy vositalari taʻlim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bogʻliq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirishi kerak;
- pedagogik dasturiy vositalarda barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega boʻlishi, oʻrganiladigan oʻzgaruvchan obyektlar yoki jarayonlarning bogʻliqligi namoyish qilinishi lozim.
Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqishda mos ravishdagi auditoriya talabalarining intellektual darajasi, motivatsiyasi, funksional holati hamda ishchanlik darajasi eʻtiborga olinishi lozim.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: doʻstonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
|
| |