Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti




Download 61,05 Kb.
bet4/11
Sana15.05.2024
Hajmi61,05 Kb.
#235760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jumanazarova.N A5-guruh kurs ishi-1

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida
oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan
didaktik vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning
istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish
vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani
boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot
(dasturlar majmuasi), texnik va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi
vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bir nechta bosqichda amalga
oshiriladi:
Birinchi bosqichda pedagogik loyihalashtirish amalga oshiriladi. Bunda
maqsad, pedagogik vazifalar aniqlashtiriladi, didaktik imkoniyatlardan kelib
chiqib oʻqitishning mazmuni va tuzilmasi tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda metodik loyihalashtirish bajariladi. Mazkur
bosqichda ilmiy nazariy maʻlumotlarni oʻquv materiallariga aylantirish, oʻquv
matnlari, illyustratsiyalar, grafik maʻlumotlar shakllantiriladi. Oʻqitishning
maqsadi, metodi va vazifalariga mos oʻquv materiallarining shakllari ishlab
chiqiladi, elektron oʻquv materiallaridan lokal, tarmoq, masofaviy taʻlim kabi
foydalanish sohalari aniqlashtiriladi.
Uchinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalarni shakllantirish uchun
zarur dasturiy vositalar yaratiladi yoki tanlanadi. Bunda foydalanuvchi va
kompyuter oʻrtasidagi muloqot metodlari, dasturiy vosita qobigʻi va muhiti
qiyosiy tahlil qilinadi.
Toʻrtinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga pedagogik
texnologiyalar elementlari kiritiladi. Oʻquv jarayonida pedagogik dasturiy
vositalardan foydalanish metodikalari loyihalashtiriladi. Foydalanuvchi va kompyuter oʻrtasidagi muloqot ssenariysi yaratiladi, teskari aloqa, bilimlar
diagnostikasi, oʻqitish natijalarini taqdim etish shakllari ishlab chiqiladi.
Beshinchi bosqichda berilgan pedagogik xossalarga ega pedagogik
dasturiy vositalar ishlab chiqiladi. Makur jarayonda pedagogik dasturiy
vositalarning boshqaruv elementlari yaratiladi, fan boʻyicha maʻlumotlar bazasi
hakllantiriladi.
Oltinchi bosqichda yaratilgan pedagogik dasturiy vositalar oʻquv
arayoniga tatbiq etiladi, ularning dasturiy va metodik tarkibiy qismlariga zarur
oʻzgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Pedagogik dasturiy vositalarning joriy
etilishi natijalari tahlil qilinadi, pedagogik imkoniyatlari aniqlashtiriladi.
Barcha pedagogik dasturiy vositalarni ikki guruhga ajratish mumkin:
anʻanaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi vositalar;
“Oʻqituvchi-kompyuter-oʻquvchi” uch elementli pedagogik tizim
exnologiyalari. Birinchi guruh pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan
izim talablari pedagogning samarali oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan
bogʻliq vazifalaridan kelib chiqadi.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish
maqsadida ularning anʻanaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik
guruhlarga ajratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga
quyidagilar kiradi:
ilmiylik;
tushunarli, qatʻiy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda
pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini,
zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati
mazmunini qurish imkoniyatini taʻminlash;
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy
oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi);
izchillik; muammolilik;
koʻrgazmalilik;

mavjudligi);

faollashtiruvchi (oʻqitish mustaqilligi hamda faollik xususiyatining

oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamligi;
muloqotning interfaolligi;
tarbiyalash;
rivojlantirish;
amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi:
aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
maʻlum bir fanning oʻziga xosligini hisobga olish;
axborotning zamonaviy metodlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, oʻzaro
aloqadorligi, turli-tumanligi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),
tafakkur(tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qatʻiyligi, boshqa
narsa yoki obyektga qaratilishi), motivatsiya (ishlashning faol shakllari, yuqori
darajada koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida talabalarning yuqori
darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvur,
yosh va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olish(egallagan bilim,
koʻnikma va malakalarini hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv
masalalari murakkablik darajasining talabalarning yosh imkoniyatlari va
individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha
his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan taʻsirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi
qurilmalari, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar,
tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (oʻqitish
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.

Download 61,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 61,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti

Download 61,05 Kb.