• Mundarija: Kirish..........................................................................................3
  • Xulosa………………………………………………………………………27 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati............................................................28 Kirish
  • Fanni o`qitishdan maqsad
  • Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti




    Download 61,05 Kb.
    bet1/11
    Sana15.05.2024
    Hajmi61,05 Kb.
    #235760
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Jumanazarova.N A5-guruh kurs ishi-1


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI
    MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
    Informatika” kafedrasi
    Informatika o‘qitish metodikasi fanidan
    KURS ISHI
    MAVZU: “Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish”ni o‘qitish metodikasi

    Bajardi:Jumanazarova N


    Rahbar: Jo`rayeva.A.A

    Mundarija:
    Kirish..........................................................................................3
    Fanni o`qitishdan maqsad.............................................................................4
    Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan tamoyillar………………………………………………………………… 12
    Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish………………….20
    Xulosa………………………………………………………………………27
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati............................................................28
    Kirish
    Tа‘lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. SHuning uchun tа‘lim tizimidаgi 5110700 – Infоrmаtikа oʻqitish mеtоdikаsi yoʻnаlishidа oʻqitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‘tibоr qаrаtilgаn.
    «Pedagogik dasturiy vositalar» fani insonlarda axborot muhitida ma‘lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki grafik ma‘lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» mutahassislaridagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
    Tеxnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mеxnatidan bo‘shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mеhnat qurollarini boshqarish kеngayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elеmеntlarsiz mеxanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o‘z navbatida loyihalarni avtomatlashtirishning muhimligini va uni rivojlantirish kеrakligini isbotladi.
    Loyihalash jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - mashina tеxnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mеhnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo‘ladilar. Avtomatlashtirish - mеhnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mеxnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. Hozirgi davrda fan tеxnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud tеxnika va axborot tеxnologiyalar yangi, har taraflama zamon talablariga javob bеradigan tеxnik vositalar bilan ta'minlash zaruriyati tug‘ildi.
    Xorijiy mamlakatlardan kеltirilayotgan yangi tеxnika va tеxnologiyalarni o‘zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari o‘quv fani yangi informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, ulardan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun asos yaratadi. Biror bir mavzuni mustaqil ish jarayonida talaba texnikaviy adabiyotlar va internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, zarur
    ma'lumotlarni izlab topishi, jamlashi, ularni tizimlashtirishi va taqlil
    qilishi, auditoriya mashqulotlari paytida qabul qilgan informasiyasini
    to‘g‘ri mushohada qilish qobiliyatini ko‘rsatishi zarur.
    Talabalarning Loyihalash jarayonlarida o‘zlashtirishlari uchun
    o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
    Fanni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan «Fikrlar xujumi», «Klaster» metodi, «Bumerang», «Skorobey», «Tarozi», «Yelpig‘ich» texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi.
    Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustahkamlashi kerak.
    Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari kompyuter texnologiyalari
    yordamida o‘tkaziladi.
    Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim.
    Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
    Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash-yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O‘qitish vositalari: o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
    Loyihalash - odam faoliyati yoki loyihani bunyod qilish bo‘yicha
    tashkilot, shunga o‘xshashni bo‘lishi, mumkin bo‘lgan obekt holatlar
    jamlanmasi, ma‘lum ob‘ektni bunyod qilish.
    Fanni o`qitishdan maqsad - informatika o`qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo`lgan bilimlar va amalda qo`llash uchun ko`nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma‘lumotlarni o`z ichiga oladi.
    Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar: pedagogik dasturiy vositalar va ularning turlari, pedagogik-dasturiy vositalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish metodlari, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari, pedagogik-dasturiy vositalar ssenariysini yaratish texnologiyasi, pedagogik dasturiy vositalarda o‘quv faoliyatni boshqarish, dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi, Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari, prinsiplari, ovoz berish texnologiyasi, namoyish etuvchi, nazorat qiluvchi, o‘rgatuvchi dasturlar, dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizimlar, o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini va kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish, pedagogik dasturiy vositalarda o‘quv faoliyatni boshqarish. pedagogik dasturiy vositalarni yaratishning texnik vositalari, elektron
    4
    darslik, elektron o`quv qo`llanmasi, elektron ma‘lumotnoma, elektron xrestomatiya, elektron katalog, elektron o`quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlashni, pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlash, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish, avtomatlashgan o`rgatuvchi tizimlarda ishlash, Flash texnologiyasi va undan pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda foydalanish, elektron o`quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlash, zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o`quv materiallarini yaratish.
    Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quydagi talablar qoʻyiladi:
    - pedagogik dasturiy vositalar va ularning turlari, pedagogik-dasturiy vositalarning o`zaro hamkorligini tashkil etish metodlari, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari, pedagogik-dasturiy vositalar ssenariysini yaratish texnologiyasi, pedagogik dasturiy vositalarda o`quv faoliyatni boshqarish, dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi, Elektron o`quv materiallarini yaratish texnologiyalari, prinsiplari, ovoz berish texnologiyasi va uning vositalariga doir bilimga;
    - namoyish etuvchi, nazorat qiluvchi, o‘rgatuvchi dasturlar, dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizimlar, o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini va kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish, pedagogik dasturiy vositalarda o‘quv faoliyatni boshqarish. pedagogik dasturiy vositalarni yaratishning texnik vositalari, elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmasi, elektron ma‘lumotnoma, elektron xrestomatiya, elektron katalog, elektron o‘quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlash ko‘nikmasiga;
    - pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlash, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish, avtomatlashgan o‘rgatuvchi tizimlarda ishlash, Flash texnologiyasi va undan pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda foydalanish, elektron o‘quv materiallarini yaratish dasturlarida ishlash, zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish malakasiga ega boʻlishi kerak

    Download 61,05 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 61,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti

    Download 61,05 Kb.