• Mashg’ulot davomida talaba
  • Zarur jihozlar va qurollar
  • Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 2-laboratoriya mashg’uloti




    Download 3.32 Mb.
    bet137/163
    Sana01.03.2023
    Hajmi3.32 Mb.
    #43882
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
    Bog'liq
    Blackcurse
    8-T, 2-amaily(2)
    Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 2-laboratoriya mashg’uloti.


    MAVZU: ODAM VA UNING SALOMATLIGI KURSIDAN YILLIK TAQVIM REJA MAVZULI REJALAR VA DARS ISHLVNMALARINI TUZISH.DARSLARNING TUZILISHI VA BORISHI.

    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja, mavzuli reja, dars ishlanmalarini tuzishga o’rgatish;


    Mashg’ulot davomida talaba:

    • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun “Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan o’quv dasturi va darsliklarining mantiqiy tuzilishini;

    • “Odam va uning salomatligi”dan taqvim-reja tuzish yo’llarini bilishi;

    • “Odam va uning salomatligi”dan mavzuli rejaning mazmuni va mohiyatini anglashi;

    • “Odam va uning salomatligi”dagi har bir bobdagi mavzular darslar tizimi ekanligini anglashi va ular o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni amalga oshirish;

    • “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan dars tiplari va turlarini ajrata olish;

    • Dars ishlanmalarini loyihalashda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini uyg’unlashtirish ko’nikmalarini egallashi lozim.

    Zarur jihozlar va qurollar: “Odam va uning salomatligi”dan taqvim- reja”, “Odam va uning salomatligi”dan mavzuli-reja” jadvallari, dastur, darslik, chizg’ich, qalam, daftar.
    Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan texnologiya:
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
    Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
    1. Tashkiliy qism.
    2. Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil
    bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
    3. “Odam va uning salomatligi”dan dastur va darslikning mantiqiy
    tuzilishini o’rganish.
    4. “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja va mavzuli-
    rejaning mazmuni, mohiyatini va uni tuzishni o’rganish.
    5. “Odam va uning salomatligi”dan o’qitishda foydalaniladigan darslarni
    loyihalash.
    6. Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Odam va uning salomatligi”ni o’qitish­ning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va eksKuRsIyAlar bilan uzviy bog’lIq. Darsdan tashqari ishlar masalan, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o’tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada o’quvchilarning o’zlashtir­gan bilimlari kengaytiriladi, mustahkamlanadi va bu bilimlardan darsda o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning “Odam va uning salomatligi” o’quv fanidan o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, kengaytirish, rivojlantirish, kasbga ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.
    Demak, “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirilishi lozim.
    O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida samaradorlikka erishish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumiy biologik va xususiy tushunchalar hamda o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.
    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quv yili boshida istiqbol taqvim-reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan tashqari ishlar aks etadi.
    Biologiya o’qituvchisi istiqbol taqvim-reja tuzishi uchun:

    • O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bob­da­gi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi;

    • Mavzularni o’qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o’quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.

    • O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi;

    • Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi;

    • Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;

    • O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;

    • Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.

    Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi istiqbol taqvim-rejada o’qitish jarayoni­ning yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan istiqbol taqvim-rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda.
    Boblar va mavzular

    Labo­ra­­to­riya ishi

    Ama­liy ish

    Eksur­siya

    fanlararo bog’lanish

    soat

    Mud­dat

    Fanlar

    Boblar




























    O’quv yili uchun tuzilgan istiqbol reja qat’iy emas, unga yil davomida muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi mumkin.


    O’qituvchi istiqbol rejaga asoslanib o’qitishni tashkil etish uchun mavzuli taqvim reja tuzadi. Mazkur rejani tuzishda:

    • Har bir o’quv fani kabi “Odam va uning salomatligi” dasturi maz­mun va mohiyatiga ko’ra izchillikda joylashgan boblardan iborat ekanligi;

    • Dasturdan o’ri olgan har bir bob mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan o’quv materiallarini birlashtirishi, Har bir bob mantiqiy jihatdan uzviy bog’langan darslar tizimidan iborat ekanligi;

    “Odam VauNing salomatligi”ni o’qitishda mavzu matnida u yoki bu tushunchalar ustunlik qilmaydi, balki bitta mavzuda morfologik, anatomik, sitologik, fiziologik, gigiyenik, ekologik, embriologik, bio­kimyo­viy, tibbiy tushunchalarni shakllantirish va ularga bog’liq holda o’quvchilar­ning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikma­larni tarkib toptirish bir vaqtning o’zida o’zaro uzviy aloqadorlikda va mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirish ko’zda tutiladi.
    Shu sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi, o’quvchilarda yuqorida qayd etilgan tushunchalarni shakllantirish va ko’nikmalarni tarkib topti­rish jarayonini uyg’unlashtirish va ularni uzviy ravishda rivojlanti­rish­ni amalga oshirish sanaladi.
    Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustahkam o’zlashtirishlari uchun o’qituvchi ko’rgazma vositalari va o’qitish metodlarini tanlaydi.
    Morfologik (organlarni aniqlash, odamning organlari­ning tuzilishiga ko’ra, organlar sistemasiga ajratish) anatomik (odamning hujayraviy tuzilishi, qondan vaqtinchalik va doimiy mikropreparatlarni mikroskop yordamida ko’rish), laboratoriya jihozlari, ko’rgazma va tarqatma materiallarni, o’qitish metodlardan amaliy metodlarni, fiziologik va sitologik tushunchalar (tajriba va kuzatishlar o’tkazish, kinofilm, videofilm, multimedialarni namoyish qilishni) talab etadi. Ushbu darslarda metodlardan ko’rgazmalilikni, mavzular bo’yicha umumlashgan, umumiy biologik tushunchalarni rivojlantirishga mo’ljallangan mavzular mantiqiy metod (taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, umumlashtirish va xulosa chiqarish va h. k.) larni taqoza etadi.
    Har bir bob yakunida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan ko’rgazma vositalari va metodlardan foydalaniladi.
    “Odam va uning salomatligi” darslarida tasviriy ko’rgazma vositalari bilan bir qatorda, o’quvchilarning kuzatish va tajribasi yuzasidan axbo­rot­lari­dan foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli o’qituvchi tomonidan uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bo’lgan muddatlarni hisobga olgan holda, o’z vaqtida masalan, “Jismoniy mashq va sportning organlar sistemasi ishiga ta’siri”ni o’rganish tajriba o’tkazish va axborot tayyorlash o’n kun avval, “Suyakning kimyoviy tar­kibi” tajribasi bir hafta oldin tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.
    Shunday qilib, mavzuli reja o’quv fani bo’yicha darslarning tizimini, mazmunning mantiqiy rivojlanishi, metodlarning turlari, ko’rgazma vositalari, darsdan tashqari ishlar, o’quvchilarning mustaqil tahsilini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari o’qituvchi mavzu bo’yicha o’quvchilar tomonidan bajariladigan uy vazifalari, darsdan tashqari ishlarning mazmuni va xarakteri, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni aniqlashi zarur.
    O’qituvchi har bir bobda tushuncha va o’quv-amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
    Quyida boblar bo’yicha tuziladigan mavzuli-rejaning jadvali namuna sifatida tavsiya etiladi. Mazkur jadvaldan foydalanib, “Qon” mavuzsi uchun mavzuli – reja tuzing.



    Dars


    Darsning mavzu­­-
    si, asosiy tushuncha­lar

    O’rganila­digan masalalar

    Ko’rgaz­ma vosi­talari

    Darsdan tashqari ishlar

    Uy vazi­fasi



















    Biologiya o’qituvchisi taqvim-reja va mavzuli-reja asosida darslar­ning ishlanmalarini loyihalaydi.
    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan darslar quyidagi tiplarga ajratiladi: yangi mavzuni o’rganish darslari, o’quvchilar­ning bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash dars­lari, umumlashti­rish darslari, takrorlash darslari;
    Darslarning mazkur tiplari o’z navbatida dars turlariga bo’linadi. Jumladan, yangi mavzuni o’rganish darslari didaktik o’yinli, modulli, muammoli darslarga bo’linadi.
    O’qituvchi o’rganiladigan mavzuning didaktik maqsadlaridan kelib chiqib, darsning qaysi tipi va turidan foydalanishni belgilaydi va shu asosda dars ishlanmasini loyihalaydi. Dars ishlanmasini loyihalashda o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
    Mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniqlash, jihozlar va ko’rgazma vositalarini tayyorlash;
    Darsda qaysi o’qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq­li­­gi­ni belgilash, o’quvchi­lar­ning bilish faoliyatini tashkil etish yo’llarini aniqlash;
    O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga imkon beradigan mustaqil ish, o’quv topshiriqlari, tegishli test savollari va didaktik kartochkalar tayyorlash;
    O’qituvchining pedagogik faoliyati va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llarini belgilash;
    Bajarilgan ishlarni darsning borishiga muvofiq holda joylash­tirish. Dars ishlanmasini loyihalash va uni talab darajasida jihozlash;
    Dars an’anaviy ta’lim texnologiyasi asosida loyihalansa u quyidagicha bo’ladi:

    Download 3.32 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




    Download 3.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 2-laboratoriya mashg’uloti

    Download 3.32 Mb.