• Mashg’ulot davomida talaba
  • Zarur jihozlar
  • Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 3-laboratoriya mashg’uloti




    Download 3.32 Mb.
    bet140/163
    Sana01.03.2023
    Hajmi3.32 Mb.
    #43882
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
    Bog'liq
    Blackcurse
    8-T, 2-amaily(2)
    Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 3-laboratoriya mashg’uloti.


    MAVZU: “OVQAT HAZM QILISH” MAVZUSINI O’RGANISH METODIKASI.FIZIOLOGIK TAJRIBALAR O’TKAZISH.

    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:

    Talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining maktablarining “Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi “Ovqat hazm qilish” mavzusini o’rganishda fiziologik tajribalar o’tkazish usuli bilan tanishtirish;


    Mashg’ulot davomida talaba:
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi “Ovqat hazm qilish” mavzusini o’rganishda fiziologik tajribalar o’tkazish usuli bilan tanishishi;
    “Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi laboratoriya mashg’ulotlarning didaktik maqsadi, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni ajrata olishi;
    Mazkur ko’nikmalarning mavzularda shakllantiriladigan tushunchalar bilan uzviyligini tushunishi;

    • Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi laboratoriya mashg’ulotlarni o’tkazishda laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko’nikmalarini egallashi, shu bob bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganishi, ularni nazorat qilish va baholash ko’nikmalarini amalda qo’llay olishi lozim.

    Zarur jihozlar: Biologiyadan tuzilgan davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, 8-sinf uchun “Odam va uning salomatligi” darsligi, “Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining uzviyligi” jadvali.


    Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
    Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
    1. Tashkiliy qism.
    2. Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
    3. Talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining maktablarining “Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi “Ovqat hazm qilish” mavzusini o’rganishda fiziologik tajribalar o’tkazish usuli bilan tanishtirish.
    4. “Ovqat hazm qilish” bobi bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganish, ularni nazorat qilish va baholash ko’nikmalarini amalda qo’llay olishni o’rganish.
    5. Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash.
    “Odam va uning salomatligi” o’quv fani dasturidagi “Ovqat hazm qilish” mavzusini o’rganish uchun 6 soat vaqt ajratilgan bo’lib, ularni darslarga qo’yidagicha taqsimlash mumkin:



    Dars mavzusi

    1.

    Ovqat hazm qilishning ahamiyati, organlar, fermentlar va ularning vazifalari

    2.

    Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi

    3.

    Jigar va me’da osti bezi

    4.

    Ovqat hazm qilishning boshqarilishi

    5.

    Ovqat hazm qilish organlarining gigiyenasi. Me’da ichak kasalliklari va ularning oldini olish.

    6.

    So’lak fermentlarining kraxmalga ta’siri 6-laboratoriya mashg’uloti

    O’qituvchi mazkur bobni o’qitishda darslar tizimini to’g’ri tasavvur qilishi, o’quvchilarning o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilimlarga urg’u berishi, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarga e’tibor qaratishi lozim.
    Ushbu bobni o’rganish yakunida «So’lak fermentlarining kraxmalga ta’siri» 6-laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish rejalashtirilgan.
    Ushbu laboratoriya mashg’ulotida fiziologik tushunchalar ustun o’rinni egallaydi.
    Laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish uchun o’qituvchi kerakli jihozlarni aniqlashi va tayyorlashi lozim.
    Bular jumlasiga shtativ, 3ta probirka, termometr, suyuq kraxmal kleystri, so’lak (10ml), yog’ning suvdagi kuchsiz etirmasi, xlorid kislotaning 0,1% li eritmasi, suv hammomi, muz solingan idishlarni kiritish mumkin.
    O’qituvchi laboratoriya mashg’ulotida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar tayyorlaydi.
    Mazkur topshiriqlar qo’yidagicha bo’lishi mumkin:

    Download 3.32 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




    Download 3.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 3-laboratoriya mashg’uloti

    Download 3.32 Mb.