Metallzasion va lak bo’yoqli qoplamlar




Download 320 Kb.
bet12/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
2.7.Metallzasion va lak bo’yoqli qoplamlar.

Metallizasion qoplamalar gazotermik va elektr metallizasiya usullarida , metall sirtiga erigan metallarni purkash yo’li bilan olinadi . Gazotermik purkashda issiqlik energiyasi manbai sifatida asitelin, propan va b . Gazlarning kislorod bilan aralashmasi yonishi natijasida hosil bo’lgan gaz alangasi xizmat qiladi . Eletr metallizasiyada esa elektr energiya manbai elektr toki hisoblanadi. Metallizasion qoplamalar sifatida rux va alyuminiylardan foydalaniladi.Bu metallar po’latga nisbatan anodli bo’lganligi uchun po’latlarni elektrokimyoviy korroziyadan himoya qilishda yaxshi natijalar beradi.

Metallizasion ruxli qoplamalar neft maxsulotlariga, havoda, suv va suv bug’lariga nisbatan bardoshli bo’lganligi uchun neft maxsulotlarini saqlash va toshishda qo’llaniladigan po’lat buyumlarni korroziyadan himoya qilish uchun qo’llaniladi.Oltingugurt,xlor va uglirod kislotalari bilan ifloslangan atmosferalarda bu qoplamani korroziyabardoshliligi kamayadi.

Metallizasion alyuminiyli qoplamalar oddiy atmosfera sharoitida, hamda tarkibida har xil korrozion faol qo’shimchalar bo’lgan muhitlarda yaxshi korroziyabardoshlilikka ega. Shuning uchun bu turdagi qoplamalar po’latlardan tayyorlangan qurilish konstruksialarini, quvurlar va texnik suyuqliklar solinadigan idishlarni (rezervuar)ni narmal va yuqori haroratli sharoitlarda korroziadan himoya qilish uchun qo’llaniladi .

Metalizasion qoplamalarning korroziasi chidamliligi ularning ustidan lak bo’yoqli qoplamalar surtish natijasida yanada oshiriladi.Lakbo’yoq qoplamalar material sirtlarini korroziya va har xil kimyoviy ta’sirlardan himoya qilish uchun qo’llaniladi.Lkbo’yoq qoplamlari qo’yidagi kompleks quyidagi xossalarga ega bo’lishi zarur; qatlam yaxshiligini ta’minlash ; metal sirti bilan yaxshi birikishi; yetarlicha mexanik mustahkamlikka ega bo’lishi; harorat va quyosh radiasiyasi ta’siriga chidamli bo’lishi; yog’, benzin, kislota,ishqor va boshqa agressiv muhitlarga bardoshli bo’lish. Foydalanish sharoitiga ko’ra lakbo’yoqli qoplamlar; otmosfera bardosh; binolar ichida chidamli; kislota, ishqor, agressif bo’g’lar va gazlar ta’siriga chidamli; suvda chidamli yog’da va benzinda chidamli; termik bardoshli va termoizolyasion turlarga bo’linadi. Lakbo’yoqli qoplamalarni tayyorlashda qatlam hosil qiluvchi sifatida tez quriydigan yog’lar, lak eritmalari yoki sintetik smolalar ishlatiladi. Rang berish uchun qatlam hosil qiluvchilar tarkibiga mayday metal oksidlari, minerallar va boshqa kimyoviy birikmalar, pigmentlar (bo’yovchi moddalar) kukunlar ko’inishida kiritiladi. Lakbo’yoq minerallari asosiy (laklar, bo’yoq yoki emallar, gruntlar va shpatlyovka) va yordamchi (har xil erituvchilar) turlarga bo’linadi. Lak qattiq qatlam hosil qiluvchining eruvchi (rastvoritel)dagi eritmasi. Emal yoki emal bo’yoq-lakning qattiq bo’yovchi modda (pigment) bilan aralashmasi.

Gruntlar (gruntovka)-pigmentlar va to’ldiruvchilarning(nepolnitel) laklardagi yoki olifdagi eritmasi .SHpatlevka-laklar (oksidlar ) ,pigmentlar va to’ldiruvchilardan tayyorlangan pastasimon material. Ba’zi hollarda lakbo’yoq sirtidan oldin korroziyabardoshlikni oshirish uchun mastika surtiladi. Mastiklar neft butunlari va maydalangan mineral yoki organik to’ldiruvchilarning aralashmasi . Lakbo’yoq surtishdan avval sirt yaxshilab mexanik yoki kimyoviy usullarda chutkada tozalanadi, puliverizatorlarda, botirish , sachratish yo’li bilan sirtlarga surtiladi. Lakbo’yoqlarni tanlashda buyalayotgan detal materiali xossalari va foydalanish sharoitlari hisobga olinadi . Detal va konstruksiyalari atmosfera sharoitida korroziyadan himoya qilish uchun perxlorvinil emalli (XB-124, XB-113),pentaftali emalli ( PF-115), melaminoalkid emalli (ML-12, ML-111) qoplamalar qo’llaniladi . Binolar ichida ishlaydigan mexanizmlar metallari karbalid emalli (MCH-13, MCH-1390, melamin emalli (ML165, ML-165M) lakbo’yoqlar ishlatiladi . Agressiv muhitlarda shikaslangan buyumlarni himoya qilish lak qoplamlari (XCL-3, XC-76 , KF-252) va EP-225, PXV turlardagi emallar ishlatiladi. Benzin, kerosin va mineral moylar ta’sirida bo’ladigan metallar idishlar sirti VL-515, VL-725, FL724-1, PF115 emallaridan biri bilan qoplanadi . Yuqori haroratlarda ishlaydigan metall buyumlar sirti korroziyaga qarshi PF-28, GF-820 va 6 emallar bilan qoplanadi. Agressiv muhitlarda kislotali va ishqorli va yuqori haroratlarda (900…….10000C ) ishlaydigan metallarni gazli korroziyadan himoya qilish va maishiy sharoitda ishlatilagan (5000C gacha haroratda ) metal buyumlarni turli korroziyadan himoya qilish uchun emalli qoplamlar ishlatiladi . Emalli tarkibi kremnezim (30…70%) kaliy yoki natriy oksidli (30%gacha) va angidridi (20%gacha) iborat bo’lib, ularning turli sharoitlarda ishlatilishiga qarab, metall oksidlari qo’shimchalari (pigmentlar) kiritiladi . Emalli va lakbo’yoq qoplamlari olish texnologik jarayonlari bir xil bo’lib , emallash maishiy xizmat bromlari (idishlar), kislotali va ishqoriy muhitda ishlaydigan trubalar ichlari( 20gacha ) va armaturalar turlin ko’rinishdagi korroziyadan himoya qilish uchun qo’llaniladi.




Download 320 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Download 320 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallzasion va lak bo’yoqli qoplamlar

Download 320 Kb.