Korroziyaga chidamli rangli metallar




Download 320 Kb.
bet15/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
2.10.Korroziyaga chidamli rangli metallar

Mis yuqori elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, yaxshi korroziyabardoshligi kabi xossalarga ega.Misning normal elektrod potensiali; CuCu+ jarayon uchun +0,52B, CuCu2+ jarayon uchun +0,35B bo’lganligi uchun Cu2 ionlarining hosil bo’lishi ehtimoli katta. Misning 3% li NaCl eritmasida doimiy patensiali +0,05B, 1n. HCl eritmasida +0,15B. Xona haroratida quruq Cl, Fe, Br va I misning korroziyasiga seilarli ta’sir qilmaydi, namlik oshganda ular agressuvlashadi. Oltingugurt va uning birikmalari , hamda ammiak va uning birkmalari misni kuchli yemiradi. Havoda va suvda mis chidamli hisoblanadi. Oksidlovchi muhitlarda (HNO3; H2SO4) mis tezda korroziyaga uchraydi. Mis kislorod bilan Cu2 hosil qiladi, bu esa uning texnologik va korrozion xossalariga salbiy ta’sir qiladi. Mis asosida muhit sanoat qotishmalari ( latunlar, bronzalar va b qotishmalar) olinadi. Tarkibida 15% Zn bo’lgan latun oltinsimon rangga ega, atmosfera korroziyaga qarshi chidagani, uchun oltin o’rniga medal va badiiy buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Latun tarkibiga 1,5% gacha qurg’oshin (Pv) qo’shilgan qotishma dengiz suvida korroziyaga qarshi yaxshi chidaydi, shuning uchun dengiz (admiral) latuni ham deb ataladi.. Latun tarkibida ruxning 20…..30% bo’lishi korrozion darz ketishga olib ketishi sababli uning tarkibida kremniy (0,5%) va marganiy (1%) qo’shiladi. Misning qurg’oshin , alyuminiy, kremniy, berilliy, kadmiy,xrom va boshqa elementlar bilan qotishmalari bronzalar deb ataladi. Bronzalar yuqori kimyoviy bardoshlikka ega. Bronzalar ichida kemniyli bronza quymalari eng yuqori bardoshlikka ega.

ALYUMINIY.

Sanoatda ishlatilishi bo’yicha Fe dan keyin 2 o’rinda turadi. Alyuminiyning normal elektrod potensiali -1,67B, termodinamik jihatdan faol hisoblanadi. Passivlanish qobiliyati natijasida suvda , atmosfera sharoitlarida , neytral va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir.Alyuminiy sirti passiv holatda Al 2O3 yoki Al 2O3 H 2O dan iborat yupqa qatlam bilan qoplangan bo’ladi. Alyuminiy gazli muhitlarda erish haroratigacha (6000 C) turg’in bo’ladi. Alyuminiy HCl, HClO4, H2PO4 ishqorlar, oxak va betonlarda chidamsiz. Alyuminiy va uning qotishmalari ( kimyoviy bo’yoqlar bilan) sanoatda keng qo’llaniladi. ` Texnik alyuminiy korroziyaga chidamli, payvandlanuvchan bo’lganligi uchun har xil quvurlar, kabellar, eshiklar, sut uchun sisternalar va b. yuklanishlar bo’lmagan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Alyuminiyning duralyumin, silumin kabi quyma qotishmalari, granula va kukun ko’rinishdagi qotishmalari hozirgi paytda keng ko’lamda qo’llaniladi.

MAGNIY VA UNING QOTISHMALARI. Magniy korroziyabardosh metall hisoblanadi.

Uning turg;in potensiali -2,37 B, 0, 5 n HCl eritmasidagi stasionar potensiali -1,45B . Manfiy elektrokimyoviy potensiali bo’lishiga qaramasdan passivlanish qobiliyati yuqori korroziyabardoshligini belgilaydi. Magniy xromli va vodorod bariy kislotalar ishqorlarda, atmosfera va distillangan suvda chidamli, kuchlanishlar ta’sirida tezda darz yeydi. Magniy kimyoviy faol bo’lganligi uchun havoda MgO oksid qatlamini hosil qiladi. Bu oksid qatlami himoyalash qobiliyatiga ega emas, shuning uchun sirti lak bo’yoq bilan surtiladi. Magniy qotishmalari zichligi kam, yuqori solishtirma mustahkamlikga ega va tebranishlarni yaxshi sundiruvchanligi uchun aviasiya va raketa texnikasida keng qo’llaniladi, tok manbalari uchun anodlar tayyorlanadi.





Download 320 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Download 320 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korroziyaga chidamli rangli metallar

Download 320 Kb.